16.06.2025 08:47
104

Erondagi oʻzbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi



Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila aъzolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. 

Turkmaniston tashqi ishlar vazirligiga koʻra, qoʻshni davlat evakuatsiya uchun oʻz hududini taqdim etgan. Mamlakat Erondan kelayotgan chet el fuqarolariga insonparvarlik yordamini koʻrsatgan. Turkmaniston chegarasini taxminan 120 nafar fuqaro – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlar vakillari kesib oʻtgan. Ularga transport vositalari, ovqat, mehmonxona va zarur kundalik ehtiyojlar bilan yordam koʻrsatilgan.

Gumanitar yordam doirasida Turkmanistonning tegishli davlat idoralari xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlanayotgani aytilmoqda.

Mavzuga aloqador