28.06.2025 17:22
90
Endi qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishdan avval majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston qonunchiligiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda qoʻlga olingan shaxslar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan avval majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eъtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi. Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha belgilangan namunadagi tibbiy maъlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Tibbiy koʻrik chogʻida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga maъlum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.