15.08.2025 10:39
92

Endi davlat boshqaruvida oilaviy-klan tizimga oʻrin yoʻq – Toʻqaev


Qozogʻistonda yuqori lavozimlarga meritokratiya – fuqarolarning qobiliyati, bilimi va yutuqlariga qarab tayinlov tizimiga amal qilinmoqda. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaev Ostonada oʻtkazilayotgan oʻqituvchilar konferentsiyasida aytib oʻtdi.

Oqoʻrda matbuot xizmatining yozishicha, Toʻqaev mamlakatdagi siyosiy tizim toʻliq yangilanganini maъlum qilgan.

"Jamiyatimiz rivojlanmoqda, fuqarolarning ong-tafakkuri oʻzgarmoqda. Davlat xizmatlarida meritokratiya tamoyili etakchi oʻrinda. Endi hokimiyatda ham "oilaviy–klan tizim"ga oʻrin yoʻq", degan u.

Oʻz nutqi davomida oʻqituvchilarga murojaat qilgan Toʻqaev jamiyatning yuksalishida pedagoglarning roli katta ekanini taъkidlagan. "Har bir halol vatandosh maktab devorlari orasida tarbiyalanadi", degan u.

Mavzuga aloqador