25.06.2025 16:51
107
Endi bolalarga noqonuniy ravishda Islomni oʻrgatganlar toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
Oʻzbekistonda voyaga etmaganlarga noqonuniy ravishda diniy taъlim berganlarni toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda. Tegishli oʻzgarishlar koʻzda tutilgan qonun senatorlar tomonidan maъqullandi.
Gap shundaki, bugun, 25 iyunь kuni Senatning sakkizinchi yalpi majlisida bolalarga noqonuniy ravishda diniy taъlim berganlik uchun jazo belgilashni nazarda tutuvchi qonun koʻrib chiqildi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksining 229−2-moddasiga qoʻshimcha band kiritilmoqda.
Unga koʻra, maxsus diniy maъlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz voyaga etmagan shaxsga diniy taъlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek voyaga etmagan shaxsga xususiy tartibda diniy taъlimotdan saboq berish bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonun senatorlar tomonidan maъqullanib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.
Maъlumot uchun, amaldagi Jinoyat kodeksining 229−2-moddasiga koʻra, maxsus diniy maъlumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taъlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taъlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maъmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa jinoiy javobgarlikka tortilishi qayd etilgan.
Yangi kiritilayotgan band dispozitsiyasida esa "maъmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa" jumlasi yoʻq. Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda ham voyaga etmaganlarga noqonuniy ravishda diniy taъlim berganlik uchun jazo koʻzda tutilmagan. Bundan kelib chiqadiki, voyaga etmaganlarga noqonuniy ravishda diniy taъlim berganlar toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.