23.07.2025 06:13
136

DXX raisi Kobulda. U Afgʻoniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi


 
Kecha, 22 iyulь kuni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida Afgʻoniston mudofaa vaziri Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Maъlum qilinishicha, uchrashuvda DXX raisining oʻrinbosari Farrux Muxtorov, DXX raisining oʻrinbosari – chegara qoʻshinlari qoʻmondoni Salimjon Hasanov va boshqa rasmiy delegatsiya aъzolari qatnashgan.

Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistondagi xavfsizlik holati va iqtisodiy taraqqiyotdan mamnun ekanini, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash muhimligini taъkidlagan.

Shuningdek, Afgʻoniston mudofaa vaziri xalqaro maydonlarda Oʻzbekiston hukumatining ijobiy pozitsiyasini eъtirof etib, ikki qoʻshni davlat oʻrtasidagi aloqalar kengayib borayotganini qayd etgan.

Uchrashuvda tomonlar chegara hamkorligi, oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan fikr almashgan.

Bundan tashqari, Bahodir Qurbonov qoʻshni mamlakat ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uchrashuv oʻtkazgan.

Mavzuga aloqador