16.06.2025 09:52
176
Dunyo brendlari uygʻurlarni quldek ishlatilishi ortidan boyimoqda
Niderlandiyadagi GRC inson huquqlari tashkiloti xalqaro kompaniyalar Sharqiy Turkistonda majburiy mehnat bilan bogʻliq mineral xomashyolarni sotib olayotgani haqidagi hisobotini eъlon qildi.
Bunday kompaniyalar roʻyxatida Nescafé, Coca-Cola, Carrefour, Walmart, Disney, Starbucks va yana 60 dan ortiq brendlar mavjud.
Xitoylik taъminotchilar uygʻurlar va boshqa turkiy xalqlar mehnatini ekspluatatsiya qilish orqali ushbu kompaniyalarga titan, litiy, berilliy va magniy kabi metalllarni etkazib beryapti.
Hisobot eъlon qilinganidan soʻng Xitoy tashqi ishlar vazirligi ushbu ayblovlarni "dushmanlarning yolgʻoni va mamlakat ichki ishlariga aralashuv" deb atagan.
Rasmiy maъlumotlarga koʻra, Xitoydagi mineral boyliklarning 88 foizi Sharqiy Turkistonda joylashgan.