Diniy qoʻmita “Umrachi”lar uchun talablar kuchaytirilganiga izoh berdi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboev Umra litsenziyasi uchun 1 million dollar miqdoridagi mablagʻni depozitga qoʻyish talabini yoqlab chiqdi. «Bu katta miqdor emas… Oʻsha 15 ming kishi bilan muammo boʻlganida, qoʻyilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yoʻq edi», — dedi Diniy qoʻmita vakili. U Umra ziyoratiga mustaqil borish haqida ham maʻʻlumot berdi.
Din
ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboev 15 oktyabrʻ kuni Toshkentda xalqaro
konferentsiya doirasida Umra litsenziyasining yangi shartlari haqida «Kun.uz»ga kichik
intervʻyu berdi.
1
million dollar rekvizitga qoʻyish sharti haqida
«Bu katta
miqdor emas. Xabaringiz boʻlsa kerak, bunga qadar 100 ming dollar qoʻyish
[majburiyati] bor edi. Oʻshanda 15 mingga yaqin fuqarolarimiz Saudiya Arabistonida
qolib ketdi, ularning hammasi hukumat tomonidan olib kelindi. Bu haqda biror
marta yoritmadingiz… Demoqchimanki, agar 1 million dollar rekvizitga qoʻyiladigan
boʻlsa, havo yoʻllarini 600 dollardan hisoblaydigan boʻlsak, u erdagi
mehmonxonalar va boshqa xizmatlarning hisobini olsak bu ham [1 million dollar]
ming kishiga etyapti. Oʻsha 15 ming kishi bilan muammo boʻlganida, qoʻyilgan 100 ming
dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yoʻq edi», — dedi
Toshboev.
Uning
taʻʻkidlashicha, bu shart ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinyapti.
«Biz
monopoliya qilayotganimiz yoʻq, bu erda [shartlarni bajarishga] salohiyati bor 10 ta
boʻladimi yoki 15 tami, turfirmalarning hammasi oʻtadi. Bu degani bitta
Musulmonlar idorasi yoki 4−5 ta firma qoladi degani emas. Bugun tanlovni eʻʻlon
qilyapmiz, 15 kun ichida turfirmalarni ajratib olamiz. Balki 15 ta boʻlar, balki
20 ta kimning imkoniyati boʻlsa, oʻshalarni qoʻyamiz. Qimmatlashish boʻlmaydi, sifatli
xizmat koʻrsatish boʻladi», — dedi qoʻmita raisi.
«Faqat
moliya bilan bogʻliq narsa emas»
«Oldingi
safar 77 firmaga litsenziya bergan boʻlsak, yana qanchasi noqonuniy faoliyat yuritgan.
Na litsenziyasi boʻlgan, faqat turfirma ochib qoʻygan. Uyoqqa olib borganda
sharoitlarni oʻzingiz koʻryapsiz. Maqsadimiz monopoliya qilish yoki boshqa emas. Rahmat
deyishimiz kerak, oldinlari faqat bir yilda 2 marta fuqarolarimiz Umra qilolgan.
Hozirgi kunda 560 mingga yaqin fuqarolarimiz Umraga borib keldi. Borsin, hamma
borsin, lekin u erda sifatli xizmat koʻrsatishimiz kerak. Tibbiyoti boʻlsin,
ellikboshisi ham», — dedi Sodiqjon Toshboev.
«U erga
borgan fuqarolarimizni kimga topshiryapmiz? Oʻzimiz ellikboshi berayotgan edik.
Keyingi vaqtda, mana, ijtimoiy tarmoqlarda koʻryapmiz, u erga borganlarning
gʻoyaviy «ishlovi» qanaqa boʻladi? Bizning «umrachi»larimizga kim xizmat koʻrsatyapti?
Agar ularga oʻqigan, diniy soha xodimlari [hamrohlik qilib] boradigan boʻlsa…
qaytib kelganidan keyin gʻoyaviy jihatidan ham toʻgʻrilashning imkoni qiyin boʻlib
boryapti. Faqat moliya bilan bogʻliq narsa emas-da bu», — dedi u.
Umra
ziyoratiga mustaqil borish haqida
«Bu
bemalol, hech qanday toʻsqinlik yoʻq. Nusuk degan Saudiya Arabistoni Haj va Umra
vazirligining dasturi bor, [yoki onlayn turistik viza] uydan oʻtirib, olib
boraversin, xohlasa. Xohlasa, Dubay yoki Turkiya orqali, xohlasa toʻgʻridan toʻgʻri
reysda borsin. Bunga hech qanday qarshilik yoʻq. Uyingizdan oʻtirib bemalol olaverasiz,
Saudiya Arabistoni ham buni bemalol ochib qoʻygan. Faqat fuqarolarimizda tushuncha
notoʻgʻri boʻlyapti», — dedi rais.
Eslatib
oʻtamiz, Umra ziyoratini tashkil etib beruvchi turfirmalar uchun 5 oktyabrʻdan
quyidagi litsenziya talab va shartlari joriy etilmoqda:
ziyoratchilarga
guruh rahbari etib Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma
asosida diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassisni tayinlash;
shtatida
diniy taʻʻlim yoʻnalishlari boʻyicha taʻʻlim muassasasi yoki Oʻzbekiston xalqaro islom
akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;
voyaga
etmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik;
1 mln
dollar miqdordagi mablagʻni «Ziyorat» jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish;
oʻz
faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;
ziyoratchilar
uchun Saudiya Arabistonining faqat Umra vizasini rasmiylashtirish (qolgan vizalar
bilan fuqarolarni olib borish noqonuniy faoliyat hisoblanadi);
ziyoratchilarni
toifasi 3 yulduzdan kam boʻlmagan mehmonxonalarga joylashtirish;
Umra
xizmatini uchinchi davlatlar orqali koʻrsatmaslik;
Umra
xizmatini litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa joyda joylashgan vakolatxona va
filial orqali amalga oshirmaslik.
Bundan
tashqari, Umra xizmatlarini Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot oʻrtasida
imzolanadigan shartnomaga muvofiq hamda ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar
uchun toʻlovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish kerak.