16.06.2025 07:39
140

ChatGPT'dan diniy savollarga javob olsa boʻladimi?



Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ChatGPT orqali diniy savollarga javob olish joiz emasligini maъlum qildi. Markaz sunъiy intellekt orqali diniy savollarga javob olish joiz emasligini bildirdi.

Idoraga koʻra, ChatGPT platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga toʻgʻri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, baъzan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois sharъiy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali echim topish darkor.

Markaz musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, oʻsha sohaning "zikr ahli"dan oʻrganishi lozim ekanini qayd etdi.

"Shunday ekan, eъtiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan soʻrash talab etiladi", deyiladi Fatvo markazi javobida.

Mavzuga aloqador