06.02.2024 07:25

Singapur ulamolari sunʻʻiy goʻshtni halol deb tan oldi

Singapur Islom diniy kengashi sunʻʻiy goʻshtni halol deb tan oldi va agar ular halol standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan boʻlsa, musulmonlarga bu mahsulotlarni isteʻʻmol qilishga ruxsat beruvchi fatvoni chiqardi, deya xabar bermoqda GreenQueen.

Singapur Ulamolar kengashining Fatvo qoʻmitasi maʻʻlum shartlar bajarilsa, jumladan, hujayralar musulmonlar isteʻʻmol qilishi mumkin boʻlgan hayvonlardan (masalan, tovuq) olingan boʻlsa va ishlab chiqarish jarayonida halol boʻlmagan komponentlar aralashmasa, sunʻʻiy goʻshtni halol deb hisoblash mumkinligini eʻʻlon qildi.

Fatvo ulamolar oʻrtasida bir necha oy davom etgan muhokamalardan soʻng, manfaatdor tomonlar, jumladan, davlat idoralari, olimlar va mutaxassislar bilan maslahatlashganidan keyin chiqarilgan. Bundan tashqari, ilohiyotshunoslar mahalliy etishtirilgan goʻsht ishlab chiqarishni borib koʻrgan. Fatvo qoʻmitasi etishtirilgan goʻshtning ekologik va ozuqaviy foydasiga alohida toʻxtalib, uning afzalliklari zararidan koʻp ekanini eʻʻtirof etdi.

Mavzuga aloqador