05.09.2025 11:49
105
Bu yil abiturientlarning 40 foizdan koʻprogʻi oʻtish balini toʻplolmagan
2025 yilda test imtihonini topshirgan abiturientlarning 253 ming 844 nafari yaъni 41,29 foizi 56,7 ballni ham toʻplay olmagan. Bu shuncha abiturient maksimal ballning 30 foizini ham ololmadi, degani. 56,7 dan koʻproq ball toʻplaganlar soni 360 ming 924 nafar — jami abiturientlarning 58,71 foizini tashkil qiladi.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 6 foizga yaxshilangan. Oʻtgan yili bali 56,7 ga etmagan abiturientlar ulushi 46,9 foizni tashkil etgan edi.
2025 yilda eng yomon koʻrsatkich (56,7 balni yigʻa olmaganlar ulushi boʻyicha) Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa Toshkent shahri va Buxoro viloyatida (31,4%) qayd etilgan.
Maъlumot uchun, oʻtgan yili 4 ta hududda abiturientlarning 50 foizdan koʻprogʻi 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda barcha hududlarda ushbu koʻrsatkich 50 foizdan pasaygan.