Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifini boshladi
Britaniya tashqi ishlari vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Moʻgʻilistonga tashrifini boshladi. Britaniya TIV rahbari ilk bor Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻldi. Oʻzbekistonga esa oxirgi marta 1997 yilda tashrif buyurgan.
Britaniya
tashqi ishlari vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Moʻgʻilistonga
tashrifini boshladi. Dastlab, 22 aprelʻ kuni Tojikistonda boʻlib, mamlakat
rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi. Soʻngra shu kuni kechqurun Bishkekka yoʻl
oldi.
Tojikistonga
tashrif
Tashrif
doirasida Kemeron Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deya xabar beradi Tojikiston prezidenti
saytida. Uchrashuvda Tojikiston va Britaniya oʻrtasidagi hamkorlik masalalari
muhokama qilindi.
“Biz Britaniyani
Gʻarbiy Evropadagi muhim hamkor deb bilamiz. Mamlakatimiz Qirollik bilan koʻp
qirrali munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga katta eʻʻtibor
qaratmoqda”, — dedi Rahmon.
Suhbat
chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo va madaniy-gumanitar
sohalardagi munosabatlar muhokama qilindi. Uchrashuvning muhim mavzularidan biri
parlamentlararo aloqalarni kengaytirish boʻldi.
Tojikistonning
togʻ-kon sanoati, metallurgiya, engil, oziq-ovqat, farmatsevtika va qishloq
xoʻjaligi sohalariga Qirollikdan sarmoya jalb etish zarur deb topildi. Tomonlar,
shuningdek, “yashil energiya” ishlab chiqarish va “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish yoʻlida
hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Suv va
iqlim muammolarini hal qilish, mehnat migratsiyasi, davlatlar oʻrtasida havo
yoʻllari ochishda mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.
Uchrashuvda
Tojikiston va Britaniyaning mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʻʻminlash borasidagi
hamkorligi masalasiga ham toʻxtab oʻtildi.
Devid Kemeron
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin bilan ham uchrashdi.
Tomonlar
ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi asosiy masalalarni koʻrib chiqdilar. Qayd
etilishicha, ushbu uchrashuv doirasida vazirlar Tojikiston va Buyuk Britaniya oʻrtasida
kelgusida Dushanbe va London oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni ochish uchun
asos yaratuvchi havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni imzolashdi.
Devid
Kemeron Tojikistonga tashrifi doirasida “Nurek” GES faoliyati bilan ham tanishdi.
Devid Kemeronning soʻzlariga koʻra, yirik ekologik loyihalar, shuningdek, siyosiy,
iqtisodiy, tijorat va madaniy-gumanitar masalalar boʻyicha hamkorlikni
kengaytirish imkoniyati mavjud.
“Kichik
biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiya jamgʻarmasini yaratish, iqlimga
sarmoyalar kiritish, Tojikiston Respublikasida va umuman, Markaziy Osiyo
davlatlarida har bir oʻqituvchi va ingliz tilini sevuvchilar misolida ingliz
tilini oʻrganuvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash imkoniyati mavjud”, - dedi u.
Qirgʻizistonga
tashrif
Devid
Kemeron 22 aprelʻ kuni Tojkistondagi tashrifini yakunlab, Bishkekka etib
keldi. Shu kunning oʻzida Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev
bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Kemeron
Qirgʻizistonning iqtisodiy sohada Xitoy boshchiligidagi hamkorlari borligini va
mamlakat hamkor tanlash huquqiga ega boʻlishi kerakligini taʻʻkidladi. Uning
qoʻshimcha qilishicha, Qirgʻiziston rahbariyati bilan bugungi uchrashuvda ikki davlat
oʻrtasidagi hamkorlik muhokama qilingan va uni rivojlantirish uchun imkoniyatlar
mavjud.
Kemeron
Qirgʻizistonning suv resurslariga boy ekanligini taʻʻkidlab, iqlim oʻzgarishi
sharoitida ekologik loyihalarni qoʻllab-quvvatlash zarurligini, shu munosabat bilan
Britaniya oʻrta va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun sarmoya fondi tashkil
etishini qoʻshimcha qildi.
Bundan
tashqari, u Qirgʻiziston bilan xususiy sarmoya sohasida hamkorlik qilayotganini
taʻʻkidlab, Bishkekdagi stadion qurilishida Britaniya kompaniyalari ishtirok
etayotganini aytdi.
Tashrif
doirasida Devid Kemeron Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan ham
uchrashgani maʻʻlum qilindi.
Prezident
maʻʻmuriyatining maʻʻlum qilishicha, tomonlar oʻrtasidagi suhbat Qirgʻiziston-Britaniya
ikki tomonlama hamkorligi, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy,
energetika va transport sohalaridagi hamkorlik istiqbollari haqida boʻlgan.
Bundan
tashqari, ikki mamlakat oʻrtasida taʻʻlim va mavsumiy mehnat migratsiyasi masalalari
boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Sadir
Japarov va Devid Kemeron mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb
mavzularni eʻʻtiborsiz qoldirmadi.
Bu
Britaniya tashqi ishlar vazirining Qirgʻizistonga ilk tashrifidir.
Oʻzbekiston
23 aprelʻ
kuni Britaniya tashqi siyosat mahkamasi rahbari Devid Kemeron Toshkentga keldi. Ayni
paytda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida martabali mehmonning mamlakatimiz
tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi, deb
xabar bermoqda OʻzA.
Taʻʻkidlanishicha,
uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʻʻlim, iqlim oʻzgarishi, ikki tomonlama savdo
hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.
Maʻʻlumot
uchun, Britaniya tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonga oxirgi marta 1997 yil fevralida tashrif
buyurgan. Oʻsha vaqtda mazkur lavozimda Malkolʻm Rifkind faoliyat koʻrsatgan.
Qozogʻiston
“2024
yilning 24-25 aprelʻ kunlari Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot ishlari vaziri Devid Kemeron Qozogʻiston
Respublikasiga tashrif buyuradi”, — deyiladi Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi.
TIV
maʻʻlumotlariga koʻra, Ostonada Devid Kemeron mamlakat rahbariyati tomonidan qabul
qilinadi va bosh vazir oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan
muzokaralar oʻtkazadi.
“Forin-ofis” rahbari Turkmanistonga tashrifidan soʻng Moʻgʻilistonga boradi.