21.12.2023 16:31

Germaniya Rossiya bankining 780 mln dollardan ortiq aktivlarini musodara qilmoqchi

Germaniya hukumati Frankfurtdagi Rossiya bankiga tegishli 780 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish uchun sudga daʻʻvo kiritdi.

Germaniya hukumati Rossiya bankining 720 million evro (787 million dollar) aktivlarini musodara qilmoqchi, deya xabar qildi federal prokurorlar chorshanba kuni.

Bankning Frankfurt-na-Mayndagi aktivlariga nisbatan mustaqil aktivlarni musodara qilish boʻyicha ish ochilgan.

Musodaraga Rossiyaga qarshi amaldagi sanktsiyalarni buzishga urinish sabab qilib koʻrsatilmoqda, deyiladi Federal prokuratura bayonotida. Bankning Rossiyaga pul olib chiqishga harakat qilgani aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 7 iyulʻ kuni Federal prokuratura Frankfurt-na-Mayn Oliy mintaqaviy sudiga ish ochish uchun ariza bilan murojaat qilgan.

Nomi tilga olinmagan Rossiya banki 2022 yil iyunʻ oyida Evropa Ittifoqining sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan. Biroq Rossiya banki uchun masʻʻul shaxslar roʻyxatga kiritilganidan koʻp oʻtmay, Frankfurtdan 720 million evrodan ortiq mablagʻni oʻtkazib yuborishga uringan. Shu bilan birga, bank elektron toʻlov topshirigʻini bajarmagan.

Bundan tashqari, Germaniya rasmiylari hozirda hech qanday aniq shaxs ushbu jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki hukm qilinishi mumkin boʻlmagani sababli arizada aktivlarni mustaqil ravishda musodara qilish soʻralgan.

Mavzuga aloqador