"Boqimanda emas, ishchi". Germaniyadagi rus muhojiri markaziy osiyoliklarning Rossiyada kamsitilayotganidan hayratda
Rossiyalik Roman Germaniyaga taъlim olish uchun kelgan va bu erdagi hayotni yaxshi biladi. U bloger Dmitriy Mashkovga bergan intervьyusida Rossiyadagi markaziy osiyoliklarning Evropadagi muhojirlardan farqiga toʻxtaldi.
Romanga koʻra, Markaziy Osiyo aholisining Rossiyaga intilishi ruslar uchun katta sovgʻa, ular mamlakat iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu migrantlar ishlaydi, soliq toʻlaydi va xizmat koʻrsatadi. U Rossiyadagi mehnat migratsiyasi juda foydali ekanini, shu tufayli ham Moskva Nьyu-York darajasidagi shahar boʻlib, taksi narxi Polьshaga qaraganda arzonroq ekanini bildirgan.
Evropa bilan solishtirganda esa markaziy osiyolik muhojirlarning rus davlati uchun naqadar samarali ekanini koʻrish mumkin.
"Evropadagi migrantlar asosan qochqinlar boʻlib, darhol ijtimoiy yordam soʻrashadi (oyiga 600 evro), til oʻrganmaydi va koʻpincha ishdan qochadi. Shu sababli ham ular boqimanda sifatida koʻrilib, xorijliklarga nisbatan salbiy qarash vujudga kelgan.