Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 244 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


Bosqinchilar Nuseyrat va Burayj, Dayr al-Balah va Rafah lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 102 kishi vafot etdi. 

 ▪️Natsistlar Nuseyrat lagerida UNRVA maktabini koʻchirilganlar bilan portlatdilar, bu erda 100 ga yaqin odam halok boʻldi, ularning aksariyati bolalar edi.

 ▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Quddus, Nablus, Qalqilya, Jeninga bostirib kirishmoqda. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan. Minglab oʻta millatchi bosqinchilar bosib olingan Quddus va Al-Aqso masjidi majmuasi boʻylab parad oʻtkazdi.

 ▪️Husiylar: Qizil dengizda “Rosa” va “Vantage Dream” kemalariga, Arab dengizida esa Amerikaning “Maersk Seletar” kemasiga hujum qildik. 

 ▪️Bu kecha bosqinchilar Livanga shiddatli hujumlar uyushtirdi. 

 ▪️Netanyaxu: Isroil Livan bilan chegarasida intensiv operatsiyaga tayyor.

Mavzuga aloqador