26.12.2023 18:06

Boku Frantsiya elchixonasining ikki xodimiga mamlakatdan chiqib ketishga 2 kun vaqt berdi

Boku Frantsiya elchixonasining ikki xodimini “person non grata” deb eʻʻlon qildi.

Ozarbayjon Frantsiya elchixonasining ikki xodimini persona non grata” (nomatlub, istalmagan shaxs) deb eʻʻlon qildi. Bu haqda Anadolu agentligi Ozarbayjon TIV matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, 26 dekabrʻ kuni Frantsiyaning Ozarbayjondagi elchisi Ann Boyon Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Diplomatga Frantsiya elchixonasining ikki xodimi diplomatik maqomiga toʻgʻri kelmaydigan va 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasiga zid boʻlgan faoliyati tufayli Ozarbayjon hukumati tomonidan persona non grata deb eʻʻlon qilingani bildirgan.

Boku bu shaxslardan 48 soat ichida Ozarbayjonni tark etishni talab qildi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligidan tegishli nota Frantsiya elchisiga topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ozarbayjonda Frantsiya  razvedkasining keng koʻlamli rezidenturasi (tashqi razvedka organining xorijdagi boʻlinmasi) fosh qilingani haqida xabar bergan edik.

Ular Ukraina, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning bir qator davlatlarida turli operatsiyalarda qatnashgan.

Mavzuga aloqador