Boku Evropa Ittifoqi elchisiga norozilik notasini topshirdi
Evroparlament Ozarbayjondagi vaziyat, inson huquqlari va xalqaro huquqning buzilishi, shuningdek, Armaniston bilan munosabatlarga oid rezolyutsiyani qabul qildi. Rezolyutsiyada arman ishgʻolidan ozod qilingan hududlardan harbiylarini olib chiqib ketish talab qilingan. Ozarbayjon TIV ushbu hujjatda keltirilgan talablardan norozi boʻlib, EI elchisini chaqirdi.
Evropa
Ittifoqining Ozarbayjondagi elchisi Peter Michalko Ozarbayjon Tashqi ishlar
vazirligiga chaqirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Diplomatga 24 oktyabrʻ kuni Evroparlament tomonidan qabul
qilingan “asossiz va xolis aksil-Ozarbayjon rezolyutsiyasi” munosabati bilan
norozilik notasi topshirildi.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi 24
oktyabrʻ kuni Evroparlament tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya hamda Evropa
komissarining Evroparlamentdagi muhokamalar chogʻida bildirilgan “asossiz va noxolis
bayonotlarini keskin qoralagan”.
Tashqi ishlar vazirligi “Evropa Ittifoqining turli institutlari orqali Ozarbayjonni
qoralash kampaniyasining davom etishi, Ozarbayjon suvereniteti va hududiy
yaxlitligiga tajovuz qiluvchi bayonot va qadamlari, mamlakat ichki ishlariga aralashishi Armanistonda revanshizmni
ragʻbatlantirmoqda va bu orqali Ozarbayjonning mintaqada tinchlik oʻrnatish boʻyicha harakatlariga zarar
etkazmoqda".
“Ozarbayjon Evropa Ittifoqi bilan munosabatlarni xalqaro
huquq normalari va tamoyillari, oʻzaro hurmat, tenglik va oʻzaro manfaatlar
asosida quradi va Evropa Ittifoqini ham ushbu fundamental tamoyillarga qatʻʻiy
rioya qilishga chaqiradi”, — deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.
Tashqi ishlar vazirligi Evropa Ittifoqidan “Ozarbayjonning
suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzuvchi, mintaqadagi tinchlik va
barqarorlikka putur etkazuvchi, shuningdek, mamlakat ichki ishlariga aralashadigan
gʻarazli qadamlardan saqlanishni” talab qildi.
Maʻʻlumot
uchun, 24 oktyabrʻ kuni Evroparlament Ozarbayjondagi vaziyat, inson
huquqlari va xalqaro huquqning buzilishi, shuningdek, Armaniston bilan
munosabatlarga oid rezolyutsiyani qabul qildi. Ovoz berishda 573 nafar evropalik
deputat ishtirok etdi, hujjat uchun 453 deputat yoqlab ovoz berdi, 31 deputat qarshi boʻldi, 89 nafari betaraf
qoldi.
Deputatlar rezolyutsiyada Ozarbayjonning ham, Armanistonning
ham suvereniteti va hududiy yaxlitligi qoʻllab-quvvatlanishi, 1991 yildagi Olmaota
deklaratsiyasiga muvofiq hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini oʻzaro tan
olish tamoyillari asosida munosabatlar tartibga solinishi tasdiqlandi.
Ular, shuningdek, Ozarbayjon qoʻshinlarini arman ishgʻolidan ozod qilingan hududlardan
olib chiqib ketish talabini tasdiqladi, Ozarbayjonni Armanistonning hududiy
yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi hamda Ozarbayjon va Naxichevan oʻrtasidagi
aloqa masalalari Armanistonning
hududiy yaxlitligi toʻliq hurmat qilgan holda hal etilishi kerakligini taʻʻkidladi.