18.05.2024 15:50
Bishkekda qirgʻiz va xorijlik talabalar oʻrtasidagi mushtlashuv norozilik namoyishlariga sabab boʻldi
13 may kuni Bishkekdagi yotoqxonalardan birida qirgʻizistonliklar va xorijliklar oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi. 18 mayga oʻtar kechasi esa mazkur mushtlashuv ortidan 1 mingga yaqin odam ishtirokida norozilik namoyishi tashkillashtirildi. Toʻqnashuvlarda 29 kishi jarohatlandi. Pokiston bosh vaziri Qirgʻizistondagi pokistonlik talabalarda xavotirda ekanini maʻʻlum qildi.
Pokistonning Qirgʻizistondagi elchixonasi Bishkekda kechasi boʻlib oʻtgan namoyishlar natijasida oʻz fuqarolari orasida qurbonlar yoʻqligini maʻʻlum qildi.
“Men Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi pokistonlik talabalarning ahvolidan qattiq xavotirdaman. Pokiston elchisiga barcha zarur yordamni koʻrsatishni topshirdim. Elchixona bilan aloqadamiz va vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boramiz”, deb yozgan bosh vazir X ga.
Bishkekdagi tungi namoyishlarda 17 maydan 18 mayga oʻtar kechasi 29 kishi jarohatlandi. Ulardan 15 nafari shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi va Milliy gospitalga etkazilgan, qolganlariga joyida tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Bishkekdagi Hindiston va Pokiston elchixonalari talabalarga vaziyat normallashguncha uyda qolishni tavsiya qilmoqda.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Bishkekda yuz bergan voqeaga izoh berdi
“Men Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi pokistonlik talabalarning ahvolidan qattiq xavotirdaman. Pokiston elchisiga barcha zarur yordamni koʻrsatishni topshirdim. Elchixona bilan aloqadamiz va vaziyatni doimiy ravishda kuzatib boramiz”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmogʻida.
Ichki ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, namoyishda Qirgʻiziston fuqarolari va chet el fuqarolari orasida qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻq.
Bishkekda xorijliklar tomonidan mahalliy aholini kaltaklagani boʻyicha jinoyat ishi boʻyicha bir nechta gumonlanuvchi qoʻlga olindi.