Fergani Space bosh direktori Selchuk Bayraktar kompaniyaning birinchi sunʻʻiy yoʻldoshi bu yil uchirilishini maʻʻlum qildi.

Uning taʻʻkidlashicha, kompaniya keyingi avlod global joylashuvni aniqlash tizimi (GPS) tarkibidan oʻrin oluvchi past orbitali sunʻʻiy yoʻldosh turkumini ishlab chiqmoqda.

Ferganiʼning asosiy maqsadi 2030 yilgacha koinotga 120 ta sunʻʻiy yoʻldosh yuborishdan iborat. Ayni paytda ikkita sunʻʻiy yoʻldosh ustida ish olib borilmoqda. Kompaniya orbital transport vositalarini yaratish ustida ham ishlamoqda.

Kompaniya 2022 yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻzbekistonlik astronom olim Fargʻoniy nomi bilan atalgan.

Mavzuga aloqador