09.02.2024 17:46

Belorusʻ prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurdi: asosiy tafsilotlar

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Belarusʻ prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9 fevralʻ kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Belarusʻ prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9 fevralʻ kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi. Tashrifning qisqacha tafsiloti.

7 fevralʻ

Belarusʻ prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Belorusʻ rahbarini Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov va Belarusʻ tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik kutib oldi.

Belarusʻ etakchisi dastlab Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. Sport majmuasida Aleksandr Lukashenkoni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

Ikki davlat prezidentlari Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni tomosha qildilar.

Oʻyin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.

8 fevralʻ

“Koʻksaroy” qarorgohida Belarusʻ prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Kutib olish marosimidan soʻng Shavkat Mirziyoev va Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.

Muzokaralarda oʻtgan yil yakunlariga koʻra tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgani maʻʻlum qilinib, hukumatlar oldiga ushbu koʻrsatkichni yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga etkazish vazifasi qoʻyildi.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarusʻ prezidenti Aleksandr Lukashenko Qoʻshma bayonot qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Shu jumladan:

– 2024-2025 yillarda Oʻzbekiston va Belarusʻ oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

– Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qoʻllash toʻgʻrisida bitim;

– Raqobatni rivojlantirish, isteʻʻmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Toshkent va Minsk shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim;

– Energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– Intellektual mulk sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

– 2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025 yillarda madaniyat va sanʻʻat sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025 yillarda maktabgacha taʻʻlim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

– 2024-2025 yillarda taʻʻlim sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita”si;

– 2024-2026 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita”si;

– Oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasi;

– 2024-2025 yillarda turizm sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024 yilda Oʻzbekiston va Belarusʻ hududlari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.

“Koʻksaroy” qarorgohida Oʻzbekiston-Belarusʻ sammiti yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Belarusʻ prezidenti eʻʻtiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi.

Mavzuga aloqador