19.07.2025 06:25
143

Baxtiyor Saidov Afgʻoniston bosh vaziri bilan uchrashdi



Kecha, 18 iyulь kuni Kobulda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Afgʻoniston bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Saidovning qayd etishicha, Oʻzbekiston tomoni birodar va qoʻshni Afgʻoniston bilan oʻzaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga intilmoqda.

Jumladan, ushbu uchrashuv davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy bogʻliqlikni rivojlantirish, jumladan, “Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston” temiryoʻli boʻyicha hadli bitim muhokama qilingan. Bu mintaqaviy integratsiya yoʻlidagi muhim qadam ekani taъkidlangan.

“Oʻzbekiston hukumati infratuzilma, logistika, energetika va taъlim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga tayyor. Afgʻoniston Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida koʻprik vazifasini bajarishi lozim, deb hisoblaymiz”, deb yozgan Saidov oʻz sahifasida.

Mavzuga aloqador