03.12.2024 08:30
BAA elchisi Oʻzbekiston TIVga taklif qilindi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Baxromjon Aʻʻloev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Uchrashuvda Abu-Dabi aeroportida oʻzbekistonlik erkak fuqarolarning hibsga olinishi bilan bogʻliq vaziyat muhokama qilindi.
2 dekabrʻ kuni tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Baxromjon Aʻʻloev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Tomonlar soʻnggi kunlarda Abu-Dabi aeroportida Oʻzbekiston erkak fuqarolarining hibsga olinishi bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qildi.
«Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishga kelishib olindi», — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Avvalroq 30 noyabrdan beri Abu-Dabi aeroportida Oʻzbekistondan uchib kelgan 30 nafardan ziyod erkaklar hech qanday izohlarsiz kiritilmagani va 15 soatdan ziyod vaqt davomida ovqatsiz tutib turilgani haqida xabar qilingan edi.
Hozircha hibsga olish sabablari haqida rasmiy bayonot berilmagan. Biroq bu hodisa BAA isroillik ravvin Tsvi Koganning oʻldirilishida gumonlanib uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi ushlangani bilan bogʻliq ekani taxmin qilinmoqda.