SpaceX kompaniyasining Dragon kapsulasini Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olib boradigan Falcon 9 raketasi mahalliy vaqt bilan 16:49 da uchirildi.

AQSh mahalliy vaqti bilan soat 16:49da (Turkiya vaqti bilan 00:49, Toshkent vaqti bilan 02:49) birinchi turk astronavti Alper Gezeravji boʻlgan SpaceX kosmik kemasi Floridadagi NASAning Kennedi nomidagi kosmik markazidan muvaffaqiyatli uchirildi, deya xabar bermoqda Anadolu.

Ax-3 missiyasi ishtirokchisining kosmik sayohati AQShning Florida shtatidagi Kennedi koinot markazidagi 39A uchirish majmuasidan boshlandi.

Falcon 9 raketasi kapsulani Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olib boradi.

Uzunligi 70 metr, diametri 3,7 metr va ogʻirligi taxminan 550 tonna boʻlgan SpaceX 9 raketasi Erning past orbitasiga 22 ming kilogramm, geostatsionar orbitaga 8300 kilogramm va Marsga 4 ming kilogramm foydali yuk etkaza oladi.

Dragon kapsulasining uzunligi esa 8,1 metr boʻlib, 7 kishini sigʻdira oladi.

Ax-3 missiyasi, shuningdek, AQSh va Ispaniya vakili boʻlgan missiya direktori Maykl Lopez-Alegria, Italiya havo kuchlari uchuvchisi Valter Vilyadei va Evropa kosmik agentligi vakili shvetsiyalik Markus Vandtni ham oʻz ichiga olgan.

Avvalroq AQSh mahalliy vaqti bilan 17 yanvarga rejalashtirilgan uchirma SpaceX tomonidan oxirgi tekshiruvlarni yakunlash uchun bir kunga kechiktirilgandi.

Eslatib oʻtamiz, birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji Gezeravji Xalqaro kosmik stantsiyada 14 kun davomida turli ilmiy vazifalarni bajaradi. Jumladan, kosmosda saraton, immunitet hujayralari, suv oʻtlari, propolis va boshqalar ustida 13 ta tajriba oʻtkaziladi.

Mavzuga aloqador