04.02.2025 15:25

Avstriyalik oʻsmir Islomni qabul qildi


Avstriya fuqarosi Berner Leonard Turkiyaning Kayseri viloyati muftiyligida oʻtkazilgan maxsus marosimda Islomni qabul qildi va yangi "Musa Bilaleddin" ismini oldi.

Marosim Kayseri viloyat muftiy oʻrinbosari Sabir Chelik rahbarligida oʻtkazildi. Unda 23 yoshli Leonard shahodat kalimasini aytib, rasman musulmon boʻldi.

Marosim Qurʻʻoni Karim tilovati bilan boshlandi. Shundan soʻng, muftiy noibi Sabir Chelik Islom dinining asosiy tamoyillari haqida tushuntirish berdi. Leonard shahodat kalimasini aytib, dinini oʻzgartirish haqidagi rasmiy marosimni bajardi.

Muftiy Chelik Musa Bilaleddinni tabrikladi va unga maxsus "Ibodat guvohnomasi" hamda Qurʻʻon va Islom diniga oid kitoblar sovgʻa qildi.

Mavzuga aloqador