18.01.2024 18:04

Gʻazoliklar matonati tufayli 30 nafar avstraliyalik ayol Islomni qabul qildi

Avstraliyaning Melʻburn shahridagi Meadow Heights masjidida 30 nafar avstraliyalik ayol gʻozoliklarning Isroil qirgʻinbaroti oldidagi matonatidan taʻʻsirlanib, Islomni qabul qildi. Ular Falastin xalqiga hamdardligi orqali Islomga aloqadorligini his etgan va oxir-oqibat ushbu dinga oʻtishga qaror qilishgan.

Avstraliya aholisi Isroil armiyasining Gʻazodagi mislsiz vahshiyliklaridan aziyat chekayotgan aholiga hamdardlik bildirish asnosida Islom dini bilan yaqindan tanishmoqda. Birgina Melʻburn shahridagi Meadow Heights masjidida 30 nafar avstraliyalik ayol gʻozoliklarning Isroil qirgʻinbaroti oldidagi matonatidan taʻʻsirlanib, Islomni qabul qildi

Jumladan, avstraliyalik Jaklin Retzak Melburndagi masjidda tavhid (shahodat) kalimasini aytganlardan biri boʻldi, deb yozadi Siasat nashri.  

“Men harbiy mojaro tufayli Islomni qabul qildim, Islom va Gʻazoga yaqinroq boʻlishni xohladim”, - deydi u.

Yana bir avstraliyalik Kristin Krnogonakning aytishicha, Falastin xalqining ogʻir ahvoli uni har kuni yigʻlatadi. U ham Falastin xalqiga hamdardligi orqali Islomga aloqadorligini his qilgan va urushning tezroq tugashini soʻrashini taʻʻkidladi.

Shunga oʻxshash holat avvalroq amerikalik faol va TikToker Megan Rays bilan ham sodir boʻlgan edi. U noyabrʻ oyida Gʻazo sektoridagi odamlarning matonatidan ilhomlanib, Qurʻʻon oʻqishni boshlagani va uning ortidan Islomni qabul qilgandi.

Azon Global ham dekabrʻ oyida Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari tufayli Ispaniyada jamoatchilikning Falastin masalasiga qiziqishi ortganini va Islomni qabul qilganlar soni koʻpayib borayotgani haqida yozgandi.

 

Mavzuga aloqador