26.08.2025 11:39
90
"Arqadagʻ" Ozarbayjonda masjid qurdiradi
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi, sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Fuzuliy shahrida masjid qurib berishga vaъda berdi, deya maъlum qildi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev. Bu haqda Orient nashri xabar berdi.
Alievning soʻzlariga koʻra, Berdimuhamedov Fuzuliyga tashrifi davomida Turkmaniston ushbu shaharda masjid qurishga tayyorligini bildirgan.
Aliev bu taklifni "minnatdorlik bilan qabul qilgan". Shuningdek, Ozarbayjon rahbari masjid loyihasi tayyor ekanini va qurilish yaqin vaqtlarda boshlanishini qoʻshimcha qilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik zonasida Oʻzbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon etakchilarining uch tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtgandi.