20.02.2025 10:30

Armaniston konstitutsiyasining oʻzgarishi Ozarbayjon bilan kelishuvga yordam berishi mumkin – Reuters

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning amaldagi konstitutsiyasini oʻzgartirish boʻyicha umumxalq referendumini oʻtkazishga chaqirdi. Reuters agentligining yozishicha, bu Armanistonning azaliy raqibi boʻlmish Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini tuzishga yordam berishi mumkin.

Televidenie orqali chiqishida: «Yangi konstitutsiyaning umumxalq referendumi orqali qabul qilinishi juda muhim», — degan Pashinyan amaldagi hujjat qonuniy emasligini qoʻshimcha qildi.

U referendum muddatlari va yangi konstitutsiya loyihasida nimalar boʻlishiga boʻyicha aniqlik qiritmadi.

Ozarbayjoning nuqtai nazariga koʻra, Armanistonning amaldagi konstitutsiyasi uning hududiga nisbatan bilvosita daъvolar qiladi, Erevan esa buni inkor etadi.

Armaniston va Ozarbayjon 1980-yillar oxiridan beri Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻ mintaqasi uchun vaqti-vaqti bilan urush olib bordi.

2023 yil sentyabrida Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻni qaytarib oldi, bu hududning de-fakto oʻttiz yillik mustaqilligiga chek qoʻydi.

Mavzuga aloqador