7 aprelʻ kuni Armaniston qurolli kuchlari boʻlinmalari Ozarbayjon armiyasi pozitsiyalarini oʻqqa tutdi. Ozarbayjon javob choralarini koʻrgan.

7 aprelʻ kuni soat taxminan 17:15 da Armaniston qurolli kuchlari boʻlinmalari Pashali tumani Sultonbek aholi punkti yoʻnalishida joylashgan pozitsiyalardan Naxchivon Muxtor Respublikasi Shahbuz tumani Shada aholi punkti yoʻnalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalariga oʻq uzgan. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Ozarbayjon armiyasining boʻlinmalari ushbu yoʻnalishda tegishli javob choralarini koʻrdi”, — deya taʻʻkidlaydi Mudofaa vazirligi.

Avvalroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Gadabay, Kelbajar va Lochin tumanlaridagi Eyrivang, Jamilli va Xojilar aholi punktlari yoʻnalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari oʻqqa tutilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga aloqador