Moskva Erevanni Gʻarbning aldoviga uchmaslikka chaqirdi
Rossiya 5 aprelʻ kuni Bryusselda boʻlib oʻtgan voqeani “kollektiv Gʻarb”ning Janubiy Kavkazni geosiyosiy qarama-qarshilikka tortishga qaratilgan navbatdagi urinishi sifatida baholadi. Moskva Erevanni Gʻarbning aldovlariga uchmaslikka va Armanistonni notoʻgʻri yoʻldan yurgʻizishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirmoqda.
Moskva
Erevanni Gʻarbning aldovlariga uchmaslikka va Armanistonni notoʻgʻri yoʻldan
yurgʻizishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Rossiya TIVning 5 aprelʻ kuni
boʻlib oʻtgan Armaniston-AQSh-Evropa Ittifoqi formatidagi oliy darajadagi
uchrashuviga oid bayonotida aytiladi, deya xabar berdi Anadolu.
Moskva 5
aprelʻ kuni Bryusselda AQSh-Evropa Ittifoqi-Armaniston formatidagi uchrashuvni “kollektiv
Gʻarb”ning Janubiy Kavkazni geosiyosiy qarama-qarshilikka tortishga qaratilgan
navbatdagi urinishi sifatida baholamoqda.
Hujjatda
qayd etilishicha, mintaqadan tashqaridagi kuchlarning Janubiy Kavkaz ishlariga
masʻʻuliyatsiz va buzgʻunchi aralashuvi, mintaqa davlatlari va ularning qoʻshnilari
oʻrtasida ixtilof chiqarish istagi barqarorlik, xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot
uchun eng salbiy oqibatlarga, mintaqada yangi boʻlinish chiziqlari paydo boʻlishiga,
shuningdek, nazoratsiz oʻsish keskinligiga sabab boʻladi.
“Gʻarb
Armanistonni Janubiy Kavkazda oʻzining oʻta xavfli rejalarini amalga oshirish
vositasiga aylantirmoqchi ekanligi koʻrinib turibdi. Biz bilamizki,
Vashington va Bryussel vaqtinchalik vaʻʻdalar ostida Armanistonning KXShT va EOII
tarkibidan chiqishini, Rossiya harbiy bazasi va chegara qoʻshinlarini olib chiqib
ketishini talab qilmoqda", deyiladi bayonotda.
Moskva Armaniston rahbariyatini Gʻarbning oʻzini aldashiga va
mamlakatni xavfsizlik boʻshligʻining paydo boʻlishi, iqtisodiyotda jiddiy muammolar
va aholining chiqib ketishiga
olib keluvchi notoʻgʻri yoʻldan
yurgʻizishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.
“Gʻarb, shuningdek, Armaniston-Ozarbayjon oʻrtasidagi
normallashuvning fundamental asosi – Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon
rahbarlarining transport
va iqtisodiy aloqalarni qaytadan yoʻlga qoʻyish, chegaralarni delimitatsiya qilish,
tinchlik kelishuvlarini tayyorlash, jamoat faollari va mutaxassislar aloqalari orqali ishonchni mustahkamlashni koʻzda
tutuvchi 2020-2022
yillarga moʻljallangan uch tomonlama bayonotlari toʻplamini barbod etishga boʻlgan urinishlaridan ham
voz kechmayapti. Aynan Vashington va Bryussel bosimi ostida rasmiy Erevan ushbu
kelishuvlarning bajarilishini toʻxtatib qoʻydi, ularning koʻplari boʻyicha, xususan,
oʻzaro transport cheklovlarini olib tashlash masalasida tomonlar oʻzaro maqbul echimlarga
yaqin edi. Moskva Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida uzoq kutilgan
tinchlikka erishish uchun har tomonlama hissa qoʻshishga tayyor”, - deya taʻʻkidladi
Rossiya TIV.
Moskvaning fikricha, Janubiy Kavkazdagi ham mintaqaviy, ham
ikki tomonlama tusdagi
muammoli masalalar 23 oktyabrʻ kuni Tehronda boʻlib oʻtgan va Armaniston ham ishtirok etgan «3+3» Maslahat platformasining
ikkinchi yigʻilishida kelishilgan “mintaqaviy masʻʻuliyat” tamoyiliga muvofiq hal
etilishi kerak.
“Biz tashqi oʻyinchilarni ushbu kelishuvlarni hurmat qilishga,
Erevan hukumatini esa
oʻz tashqi siyosat yoʻnalishini qurishda qoʻshni davlatlarning xavotirlarini inobatga
olishga chaqiramiz”, — deyiladi hujjatda.
Eslatib
oʻtamiz, oxirgi vaqtlarda Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi harbiy vaziyat
taranglashgan. Armaniston chegara perimetrlari boʻylab harbiy qoʻshin va
texnikalarini joylashtirib, 24 soat ichida Ozarbayjon Qurolli kuchlari
pozitsiyalariga 30 marta turli kalibrli qurollardan oʻq uzdi.