03.07.2025 14:55
317
“Anorbank” rahbari Parijda oʻgʻirlab ketildi
23 iyunь kuni "Anorbank"ning asosiy aktsioneri Qahramon Olimov Frantsiyaning Parij shahrida oʻgʻirlab ketilgan. Bu haqda Le Monde nashri xabar tarqatdi.
Nashrning yozishicha, Nitstsa yaqinida joylashgan villadagi ikki kunlik tutqunlikdan soʻng toʻlangan garov puli evaziga qoʻyib yuborilgan.
Oʻzbek bankiri ozod qilingach, darhol shifoxonaga murojaat qilgan. Tibbiy tekshiruvdan soʻng tanasida koʻplab koʻkarishlar va jismoniy shikastlanishlar borligi aniqlangan.
Gap shundaki, 48 yoshli bankir Frantsiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gaz tsiklli elektr stantsiyasi qurilishida ishtirok etmoqda. U Parijga ayni shu loyiha doirasida frantsuz hamkorlari bilan uchrashish maqsadida borgan.
“Anorbank” rasmiysi rostan ham shunday hodisa roʻy berganini tasdiqladi va Olimov ozodlikka chiqish uchun oʻz shaxsiy pullarini ishlatgani, bankka omonot qoʻygan mijozlarning puli ishlatilmaganini bildirdi.