12.07.2025 12:30
106
Ahmad ash-Sharъ Ozarbayjonga yoʻl oldi
Bugun, 12 iyulь kuni Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharъ rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga joʻnab ketdi, deb xabar beradi SANA agentligi.
Ash-Sharъning ushbu tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda turli sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
Boku shahridagi tashrifi davomida Suriya etakchisi Ozarbayjon rahbariyati bilan bir qator yuqori darajadagi uchrashuvlar oʻtkazadi.
Muzokaralar kun tartibidan mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy sheriklik, madaniy almashinuv hamda oʻzaro manfaatli boshqa dolzarb masalalar oʻrin olgan.