Afgʻoniston Qirgʻizistonning "Halol" mahsulotlari hamda sayyohlik xizmatlariga qiziqmoqda
Qirgʻizistonga tashrif buyurgan Afgʻoniston savdo va sanoat vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya mamlakatda rivojlanib borayotgan halol industriya mahsulotlari bilan tanishtirildi.
Jumladan, mehmonlar Qirgʻiz Respublikasida xalqaro "Halol" standartlariga mos ishlab chiqarishga ega zavodlar faoliyati bilan tanishdi, deyiladi xabarda. Xususan, afgʻon delegatsiyasi Baliqchi shahridagi qushxona va "Halol egulik" ishlab chiqarish korxonasini koʻzdan kechirishgan.
Muhokama qilingan istiqbolli yoʻnalishlar orasida qoʻshma iqtisodiy loyihalar, Afgʻoniston fuqarolari uchun "Halol" turizm yoʻnalishlarini rivojlantirish hamda Qirgʻizistonning xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish masalalari ham oʻrin olgan.