22.02.2025 17:29

Afgʻoniston iqtisodiy delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi


Afgʻoniston Islom Amirligi bosh vazirning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari mulla Abdul Gʻani Barodar boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkentga keldi. 

22 fevral kuni delegatsiya vakillarini Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjaev, Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi shayx Abdulgʻaffor Bahr kutib oldi.

Maъlum qilinishicha, delegatsiya tarkibida Afgʻonistonning bojxona, transport, aviatsiya, qishloq xoʻjaligiga masъul vakillari bor. Shu kunning oʻzida Abdul Gʻani Barodar Oxund Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xoʻjaev bilan muzokaralarni boshlagan.

Jamshid Xoʻjaev oʻzbek sarmoyadorlari Afgʻonistonda neftь va gazni qidirish va qazib olishda hamkorlik qilishga hamda sanoat sohasiga, jumladan, Namangan viloyatida tsement zavodini barpo etishga sarmoya kiritishga tayyorligini maъlum qilgan. Maъlum boʻlishicha, «Toti Maydon» gaz konini qidirishda sezilarli yutuqlarga erishilgan va qazib olish ishlari tez orada boshlanishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador