28.07.2025 15:09
102
2050 yilga borib Markaziy Osiyoda suv tanqisligi 30% gacha etishi mumkin
Qirgʻiziston bosh vaziri Oqilbek Japarovning taъkidlashicha, mintaqa iqlim oʻzgarishi fonida tobora kuchayib borayotgan ekologik muammolarga duch kelmoqda.
Oltayda boʻlib oʻtgan Xalqaro ekologik konferentsiyada nutq soʻzlagan Japarov Qirgʻiziston ekotizimi jiddiy bosim ostida ekanini bildirdi: soʻnggi oʻn yillikda muzliklar hajmi 16% ga qisqargan. Bu esa sel, koʻchki, toshqinlar kabi tabiiy ofatlar soni oshishiga, shuningdek, suv va energetika muvozanatidagi buzilishlarga olib kelgan.
Uning soʻzlariga koʻra, 2050 yilga kelib Markaziy Osiyoda suv resurslari tanqisligi 20–30% gacha etishi mumkin. Bu esa qishloq xoʻjaligi, energetika va mintaqadagi millionlab odamlarning barqaror hayot kechirishi uchun jiddiy tahdidga aylanadi.