15.07.2025 14:01
98
Xalq irodasi sinovdan oʻtgan tun: Turkiyadagi davlat toʻntarishiga urinish voqealariga 9 yil toʻldi
2016 yil 15 iyulь kuni Turkiya tarixidagi eng ogʻir sinovlardan biri – xalq irodasiga qarshi qilingan toʻntarish urinishi yuz berdi. Ammo bu urinish faqat harbiylar bilan davlat oʻrtasidagi toʻqnashuv emas, balki millatning oʻzi demokratiyani qoʻli, tani va joni bilan himoya qilgan, buyuk jasorat namoyon etilgan kecha boʻldi.
Bu kunda millionlab odamlar qoʻllarida yurt bayrogʻi bilan koʻchalarga chiqib, saylangan hukumat, davlat konstitutsiyasi va xalq irodasi uchun tanklarning tagiga yotib, oʻz jonlarini fido qilishga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar. Ular oʻsha tun haqiqatga, adolatga va milliy qadriyatlarga suyandilar.
Prezident xalq bilan elkadosh boʻldi
Prezident Rajap Toyyib Erdoʻgʻon tunning dastlabki soatlaridayoq xalqqa murojaat qilib, barchani koʻchalarga chiqib, demokratiyani himoya qilishga chorladi. Bu odatiy siyosiy chaqiriq emas, balki butun bir millatning mustaqil kelajagi uchun kurashni boshlab beruvchi daъvat edi. Mamlakat boʻylab butun jome masjidlar minoralaridan salavotlar yangray boshladi. Bu favqulodda vaziyat sodir boʻlganining oʻziga xos eъloni edi.
Bu voqea shuni isbotladi: Turkiyada xalq irodasini kuch bilan agʻdarish davri ortda qoldi. Millat endi oʻz tanlovini faqat saylov orqali, qonun asosida ifoda etadi va bu yoʻldan qaytmaydi.
Davlat ichida tozalash va islohotlar boshlandi
Toʻntarish urinishi faqat tashqi xavf emas, balki davlat ichidagi yashirin xavflarni ham ochib tashladi. Ushbu urinishning ortida turarkan, oʻzini diniy harakat deb tanitib kelgan "FETO" deb atalgan tashkilotning davlat idoralari, taъlim muassasalari, adliya va xavfsizlik tizimlariga chuqur ildiz otgani maъlum boʻldi.
Shundan soʻng Turkiya butun davlat tizimini qayta koʻrib chiqdi. Xavfsizlik, adliya va taъlim sohalarida keng koʻlamli islohotlar oʻtkazildi. “FETO”ga aloqador barcha muassasalar yopildi, ularga qarashli maktab va universitetlar Milliy taъlim vazirligiga oʻtkazildi.
Turkiyaning tashqi siyosatdagi yangi yuzi
15 iyulь voqeasidan soʻng Turkiya xalqaro munosabatlarda ham yangi yoʻl tutdi. Endi u oʻz xavfsizligi va milliy manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyadigan, biroq dunyo bilan hamkorlikka ochiq, printsipial tashqi siyosat yuritmoqda.
Falastin masalasida Turkiya oʻz qatъiy pozitsiyasini saqlab qolmoqda, Gʻarbning ikkiyuzlamachiligiga qarshi turmoqda, bir vaqtning oʻzida Rossiya, AQSh va Evropa bilan muloqot eshiklarini ochiq saqlamoqda.
Ukraina urushi davomida Turkiya Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi asirlarni almashishga vositachi boʻldi. 2022 yilda ukrain don mahsulotlarini eksport qilishga doir kelishuv ham Turkiya vositachiligida amalga oshirildi.
Iqtisodiy yutuqlar: barqaror oʻsish davom etmoqda
2023 yilda Turkiyaning yalpi ichki mahsuloti 5.1% oʻsdi. 2024 yilda bu oʻsish 3.2% ni tashkil etdi. Eksport 2023 yildagi 255.8 milliard dollardan 2024 yilda 262 milliard dollarga etdi.
Mudofaa sanoatida eksport 7.1 milliard dollarga chiqdi. Qayta tiklanuvchi energiya sohasida 2023 yilda elektr energiyasining 42% shu manbalardan olindi. Turkiya 2053 yilga qadar uglerod neytral maqsadiga etishishni niyat qilgan.
Xotima: 15 iyulь – millatning uygʻonish kuni
15 iyulь Turkiya uchun faqat bir tarixiy sana emas, balki milliy xotira, saboq va kelajakka qadam tashlash kunidir. Bu sana har yili xalqni oʻz kelajagini himoya qilishga undaydi, demokratik qadriyatlarni qadrlashga chorlaydi.
Turkiya bu voqeadan soʻng qayta tugʻildi: oʻzini anglagan, ichki tozalikka erishgan, tashqi dunyoda oʻz ovoziga ega davlatga aylandi. Endi bu yoʻldan qaytish mumkin emas.