21.06.2025 06:25
135

Tramp qotil Netanьyaxuning qoʻlidagi qoʻgʻirchoqmi?



 
Prezident Donalьd Tramp “Eron yadroviy qurolga juda yaqin” ekanini bilaman, deb aytdi. Lekin u bunday maъlumotni qaerdan oldi? Javob aniq – buni unga Binьyamin Netanьyaxu aytgan. AQSh razvedka idoralari Trampga nima dedi? Ularning maъlumotlariga koʻra, “Eron yadroviy qurol yaratish ustida ish olib bormayapti va oliy rahbar Oyatullo Ali Xomanaiy 2003 yilda toʻxtatilgan bunday dasturga ruxsat bermagan”.

Ammo Tramp AQSh milliy razvedka direktori – Tulsi Gabbardning maъlumotlarini inobatga olmoqchi emas. “Menga u (Tulsi Gabbard) nima degani qiziq emas”, degan u. Chunki “Netanьyaxu yaxshiroq biladi”.
Shu bois Tramp "Isroil"ning Eronga nisbatan agressiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda. U Eronga ochiq aytmoqda: agar ular javob qaytarsa, AQSh Eronni yoʻq qiladi.

Bu – aqldan ozgan rahbarning xatti-harakatidir.

Tramp prezidentlik lavozimida toʻliq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U AQSh tashqi siyosatini genotsidchi qoʻliga topshirdi. U Netanьyaxuga Amerikani Eron bilan urush yoqasiga olib kelishga ruxsat berdi. U Falastindagi genotsidni inkor qildi, Gʻazoni “kurortga” aylantirish loyihasini ilgari surdi.

U Rossiyaning strategik kuchlariga qarshi ehtimoliy hujumga kim ruxsat berganini ham bilishga qiziqmagan – bu halokatli, ogohlantiruvchi harakat boʻlishi mumkin edi.

Ruslar bu holatni passiv tomosha qilib oʻtirib tushunishyaptimi? Xitoyliklar, hindlar, evropaliklar, hatto amerikaliklar-chi?

Eronliklar esa tashvishli ahvolda. Ular koʻp gapirib, kam harakat qilishadi. Ular oʻz rejalarini amalga oshirishdan oldin ommaga eъlon qilib, ularning samaradorligini kamaytirib yubormoqdalar.
Vashington va "Isroil" dushmani deb belgilagan har qanday davlat bugungi kungacha birma-bir yoʻq qilindi.

Netanьyaxuning soʻnggi telba bayonotida u yadroviy qurolga ega Pokistonni ham "agʻdarilishi lozim boʻlgan davlatlar" roʻyxatiga kiritdi. Oldin 7 ta davlat bor edi, endi 8 ta.

Hozirgacha 5 ta davlat nobud qilingan: Iroq, Liviya, Suriya, Livan va Somali. Oltinchi – Eron – hujum ostida. Ettinchi – Saudiya Arabistoni – navbat kutayapti. Endi roʻyxatga Pokiston qoʻshildi. Turkiya – toʻqqizinchi boʻladimi?

Musulmon davlatlarning birlashishdagi ojizligi ularni halokatga olib kelyapti.

"Isroil" musulmonlarni tarix axlatxonasiga uloqtirib yuborish uchun Vashingtondan foydalanmoqda.

Ular AQSh hukumatiga shunchalik taъsir oʻtkazyaptiki, endi Amerika oʻz manfaatlarini himoya qila olmaydi. Kongressda faqat birgina aъzo – Tomas Messi – "Isroil" taъsiri ostida emas.

Sudyalik kursilari, OAV, moliya va universitetlar tarmoqlarida yahudiylar AQSh aholisidagi ulushidan bir necha barobar koʻp vakiliga ega boʻlgan. AQShda DEI (dolzarblik, tenglik va inklyuziya) siyosati bahonasi bilan oddiy oq, geteroseksual erkaklar chetlatildi, ammo yahudiylar hech qachon bunday cheklovlarga uchramagan.

Musulmonlar va boshqa yahudiy boʻlmaganlardan farqli ravishda, yahudiylar hamjihat, bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻz tashqi siyosatini nazorat qilolmaydigan mamlakat – mustaqil emas. Shu maъnoda, AQSh endi suveren davlat emas.

Mulohaza:

Ushbu maqola orqali Pol Kreyg Roberts Islom ummati uchun xolis koʻzguni tutmoqda. Albatta, uni bu maqolasiga dunyo sionistlari shubhasiz “antisemitizm” tamgʻasini bosishlariga shubha qilmasa ham boʻladi. Ammo muallif nafaqat musulmonlar integratsiyasi, balki musulmon boʻlmagan yoki yahudiy boʻlmaganlarni ham oʻzaro birligi yoʻqligini taъkildab oʻtmoqda. Jumladan, AQSh davlati boshqaruvida yahudiy lobbisi naqadar qudratga ega ekanligini koʻrsatib oʻtgan. Garchi yahudiylar lobbisi haqidagi mulohazalar Gʻazo genotsidi boshlangan paytdan koʻpchilikka ochiq ayon boʻlib qolgan boʻlsada, endi bu haqida amerikaliklarning oʻz mutaxassislari tomonidan eъtirof etilishi yoki tan olinishi va ularning xulosalari davlatchilikning eng asosiy sharti boʻlgan suvernitet masalasiga salbiy taъsiri bilan bogʻlashi kelajakda AQSh davlat boshqaruvida, balki, inqilobiy darajadagi oʻzgarishlar boʻlish ehtimolidan darak berayotgandek.

Mavzuga aloqador