01.10.2025 17:37
105

Tramp: Mirziyoev bir soʻzli inson

Bugungi globallashuv sharoitida koʻp tomonlama diplomatiya tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. BMT xalqaro hayotdagi eng obroʻli tuzilma sifatida davlatlarning tinchlik va barqarorlik yoʻlidagi hamkorligiga xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi ham mustaqillik yillarida BMT bilan yaqin aloqalarga kirishdi, ayniqsa, soʻnggi yillarda bu munosabat sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.

Oʻzbekiston bugun mintaqa va xalqaro maydondagi voqealarga befarq emas. Vaholanki, yaqin paytlargacha biz bunday nizolarga bu bizning ishimiz emas, bizga taalluqli muammo emas qabilida ish tutardik. Bugun vaziyat tamomila boshqacha: Yangi Oʻzbekiston prezidenti dunyoda sodir boʻlayotgan voqeliklarga daxldorlik bilan munosabat bildiryapti. Dunyoda Oʻzbekistonga taъsir koʻrsatmaydigan biror bir mayda masalaning oʻzi yoʻqligini taъkidlayapti.
 
Prezident Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida qilgan nutqida xalqaro xavfsizlik, taъlim, suv resurslari, ekologiya, inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim sohalarda tashabbuslar ilgari surdi. Bu takliflar xalqaro hamjamiyatdan keng qoʻllov oldi.

Falastin – isroil muammosi va Oʻzbekistonning pozitsiyasi

Prezident nutqida eng koʻp eъtiborni tortgan masala – Falastin-isroil mojarosi boʻldi. Mirziyoev BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “ikki xalq – ikki davlat” tamoyilini qoʻllab-quvvatlashini qatъiy bildirdi. Uning taъkidlashicha, faqat shu yoʻl orqali ikki xalqning tinchligi va xavfsizligini taъminlash mumkin.

Gʻazo sektoridagi ogʻir vaziyat, ayollar va bolalar qurbon boʻlayotgani, yuz minglab aholining uyidan ayrilayotgani prezident nutqida alohida qayd etildi. U harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatish, siyosiy muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi. Bu – adolatli va barqaror echimning yagona yoʻli sifatida koʻrsatildi.

Oʻzbekiston rahbari, shuningdek, gumanitar fojialarni keskin qoralab, xalqaro maydonda ikki xil standartlar mavjudligi urushning kengayishiga olib kelishi mumkinligini taъkidladi.

Oʻzbekistonning amaliy yordami

Oʻzbekiston nafaqat siyosiy bayonotlarda, balki amaliy ishlar orqali ham Falastin xalqiga yordam koʻrsatmoqda.

Mamlakatimiz 1,5 million dollar yordam mablagʻi ajratdi, Oʻzbekiston prezidentining urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni mamlakat shifoxonalarida bepul davolashga tayyorligi haqidagi tashabbusi va yurtimizda yuzdan ziyod falastinlikka boshpana berilishi alohida eъtiborga loyiqdir. Gʻazo aholisining baъzilariga boshpana berildi va shifoxonalarimizda falastinlik bolalar va ayollarni bepul davolash yoʻlga qoʻyildi. Mana shu tashabbus orqali Oʻzbekiston rahbari Falastin ahlini soʻzda emas, amalda qoʻllab-quvvatlashini koʻrsatdi. Shavkat Mirziyoevning nutqida koʻtarilgan takliflar koʻp millatli va bagʻrikeng Oʻzbekiston xalqi koʻnglidagi gap boʻldi. Aslini olganda, biz yashayotgan mintaqa xalqlari dunyoga doim tinchlikni sogʻinuvchi oʻlka sifatida tanilib kelgan.
  
Shu bilan birga, isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqi vaqtida Oʻzbekiston delegatsiyasining BMTda zalni tark etishi ham siyosiy jihatdan muhim ishora boʻldi. Bu harakat mamlakatimizning Gʻazo xalqi bilan birdamligini koʻrsatadi.

Oʻzbekiston – AQSh munosabatlari

23 sentyabrь kuni prezident Shavkat Mirziyoev dunyoning etakchi davlati – AQSh rahbari Donalьd Tramp bilan muloqot qildi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida faqat Oʻzbekiston prezidentiga bunday sharaf nasib etgani Vashingtonning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi yuqoriligidan dalolat beradi. Aniqroq aytganda, mazkur uchrashuv mintaqada etakchilikka intilayotgan qoʻshni davlat rahbariyatini ham oʻylantirib qoʻydi. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmard Toʻqaevning AQShdan qaytishi bilan elchi va tashqi ishlar vazirini ishdan olishi bu fikrni yanada mustahkamlaydi. Demak, Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi ortib borayotgani, biznes uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani va islohotlarning samarasi butun dunyoda tan olina boshlandi. Bu kelishuvlar xalqimiz hayotini yaxshilashga, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Nьyu-York shahrida boʻlib oʻtgan muhim tadbirda Shavkat Mirziyoevning Amerika etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvi chuqur tarixiy ahamiyat kasb etdi. Fuqaro aviatsiyasi, togʻ-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika kabi ustuvor yoʻnalishlarda umumiy qiymati 100 milliard dollardan ziyod boʻlgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli imzolandi. Bu koʻrsatkich mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishi uchun ulkan qadam boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamladi.

Prezident Mirziyoevning uzoqni koʻzlagan oqilona siyosati natijasida Oʻzbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qoʻydi. Mamlakatimizda ochiqlik, jadallik va konstruktiv siyosat asosida Amerika bilan hamkorlikning yangi yoʻnalishlari shakllanmoqda. Donalьd Trampning “Prezident Mirziyoev – bir soʻzli inson, biz birgalikda ishlashda davom etamiz” degan bayonoti ham ana shu ishonchning ifodasidir. Amerikaliklarning “Odamlarning soʻziga emas, ishiga boq” degan maqoli prezidentimiz faoliyatiga toʻla mos keladi. Mirziyoev amaliy ishlari bilan jahon hamjamiyatida obroʻ qozondi, Oʻzbekiston esa haqiqiy mustaqil davlat sifatida tan olina boshladi. Chunki yurtimiz oʻz taqdirini boshqa poytaxtlarda emas, balki Toshkentda hal qiladi.

Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan qoʻshni va uzoq mamlakatlar bilan doʻstona, oʻzaro manfaatli munosabatlar rivojlandi. Bu esa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi. Shavkat Mirziyoevning chuqur oʻylangan siyosati va qatъiyati bu muvaffaqiyatlarning asosiy omilidir. Xalqaro ekspertlar ham mintaqa davlatlari mustaqil tizimga ega boʻlib, oʻz yoʻlini topayotganini taъkidlashmoqda. Xususan, Amerika bilan hamkorlik Oʻzbekiston va qoʻshnilarni global moliya bozoriga olib chiqishi, innovatsiya, ilm-fan va texnologiya sohalarida keng imkoniyatlar yaratishi mumkin. Bugungi zamonda iqtisodiyotni faqat konchilik yoki neft-gazga tayanib yuritish mumkin emas. Inson kapitaliga sarmoya kiritish eng toʻgʻri yoʻldir. AQSh esa ilm-fan, texnologiya va taъlim sohalarida katta yordam koʻrsata oladi.

Amerikalik siyosatchilar va jamoat arboblari Prezident Mirziyoevdan yangi tashabbuslar va amaliy qadamlar kutmoqdalar. Kongressda va hukumat organlarida uning islohotlari ijobiy baholanmoqda. Prezident Mirziyoev demokratiyani Oʻzbekiston uchun yagona yoʻl deb bilmoqda, orqaga yoʻl yoʻq, deb taъkidlamoqda. Bu esa AQSh bilan munosabatlarda yangi sahifa ochdi. Ilgari xayol ham qilinmagan yangiliklar amalga oshmoqda. Tramp maъmuriyati Mirziyoevni mintaqaviy barqarorlikni ijobiy tomonga burgan etakchi sifatida koʻrmoqda. C5+1 formatidagi muloqot markazi Toshkentga aylanishi ham ana shu ishonchning ifodasidir.

Bundan tashqari, Mirziyoev AQSh etakchisi bilan oʻtkazgan ushbu muloqoti orqali Amerikaning eъtiborini Markaziy Osiyoga, xususan, Oʻzbekistonga qaratmoqchi. Bir tomondan dunyoning yangi superqudrati – Xitoyning chegaralarimizga yaqinligi va mintaqamizda uning taъsiri tobora ortib borayotgani, ikkinchi tomondan esa mustaqil bir davlatning hududini har xil bahonalar bilan anneksiya qilish uchun bostirib kirgan va bu borada xalqaro qonun-qoidalarni nazar-pisand qilmayotgan Rossiya xavfini nazarda tutsak, prezidentning pragmatik siyosatchi sifatida mitaqada muvozanat siyosatini olib borishga urinayotganini tushunimiz va qadrlashimiz lozim.

Oʻzbekistonning yangi roli unga yangi vazifa va masъuliyat yuklamoqda. Jahondagi murakkab vaziyat, xavf-xatar va mojarolar orasida mamlakatimiz hamisha ogoh va sergak turishi zarur. Tarixiy tajribalar shuni koʻrsatadiki, urush va ixtiloflar insonlarga faqat ogʻriq va yoʻqotishlar keltiradi. Shu bois Prezidentimiz global miqyosda hamjihatlik va hamkorlik ruhini saqlash zarurligini taъkidladi. Uning nutqidagi taklif va tashabbuslar umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekistonning asosiy maqsadi – mamlakatlar va xalqlarning bugungi kuni va kelajagi uchun masъuliyatni anglash, ochiq muloqot va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global dialogga jalb qilishdir. Shu tarzda yurtimiz nafaqat mintaqada, balki butun jahonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni taъminlashda faol ishtirok etayotgan davlat sifatida namoyon boʻlmoqda.

Mavzuga aloqador