07.08.2025 13:46
258
Tanqidiy fikrlash: Falastin davlatini tan olish ortida nima turibdi?
Soʻnggi haftalarda qator mamlakatlar, jumladan Ispaniya, Norvegiya, Irlandiya, Sloveniya va boshqalar Falastin davlatini rasman tan olishi haqida rasmiy bayonotlar bilan chiqishdi. Baъzilar buni tarixiy qadam, deb baholashmoqda. Boshqalar uchun esa – bu oʻnlab yillik bosqin va azoblardan keyingi maъnaviy gʻalabadir.
Ammo bu diplomatik harakatlar ortida ancha murakkab strategik manfaatlar yotibdi.
Tabiiy savol tugʻiladi: bu kutilmagan tan olishlar toʻlqini ortida qanday haqiqiy manfaatlar bor?
Falastin davlati yoki Gʻarb uchun chiqish yoʻlimi?
Avvalo, shuni tushunib olish lozimki, bu kabi tan olishlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Ular Gʻazoga qarshi olib borilayotgan genotsid urushi avj olayotgan bir paytda yuz bermoqda. Bu urushda Isroil, ayniqsa HAMASga qarshi kurashda, muvaffaqiyatga erisha olmadi. Na bombardimonlar, na och qoldirish, na majburiy koʻchirish orqali u falastinliklarni sindirolmadi. Falastin xalqi hanuz mustahkam qarshilik koʻrsatmoqda.
Bu muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan Gʻarb, xususan AQSh va Evropadagilar, endi qoʻshimcha reja izlamoqda. Ular endi “Isroil oʻzini himoya qilmoqda" degan gʻoyani qoʻllab-quvvatlasha olmaydi. Endi ularga siyosiy nazoratni saqlab qoladigan, qarshilikni zaiflashtiradigan va ichki ijtimoiy bosimni yumshatadigan bir muqobil taklif kerak. Mana shunday sharoitda "Falastin davlati"ni tan olish kun tartibiga chiqmoqda.
Ammo bu erda bir katta muammo bor: tan olingan bu davlatda aniq chegaralar yoʻq, armiyasi yoʻq va oʻz erlarida suveren nazoratga ega emas. U oʻzining havo va dengiz hududlarini boshqara olmaydi. Fuqarolarining xavfsizligini taъminlay olmaydi va siyosiy birlikdan ham mahrum. Asosan, bu ishgʻol ostidagi bir maъmuriy soya, yaъni haqiqiy davlat emas.
Evropa imijini oqlash
Bu tan olishlar Evropaning "vijdon yuvuvchi" harakatlari ham boʻlishi mumkin. Genotsiddagi ishtirok, bu xoh sukut, xoh harbiy yordam, xoh qarshilik harakatlariga nisbatan tanlab qoʻllanilayotgan sanktsiyalar boʻlsin - hammasi jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab boʻldi. Endi esa ular bu yukni engillatish uchun ramziy shakldagi qadamlar orqali vaziyatni “muvozanatlashtirishga” harakat qilmoqda. Ular "ikki davlatli echim" haqida gapirmoqda - goʻyoki bu echim hali ham amalga oshishi mumkin. Vaholanki, real vaziyatni koʻrsatib turibdiki, Isroil hududni shunchalik parchalab, mustamlaka qilib ulgurganki, endi bu formulani amaliyotga koʻchirish mushkul.
Isroilga qarshi sanktsiyalarsiz, qurol etkazib berishni toʻxtatmasdan va mustamlakachilikni cheklamasdan turib Falastinni tan olish – hech qanday oʻzgarishga olib kelmaydi. Bu bilan diplomatik "echim" legitimlashtiriladi xolos, ammo Isroil bosqinchiligi davom etaveradi.
Agar haqiqiy maqsad qarshilikni yoʻq qilish boʻlsa-chi?
Yana bir xavotirli nuqta,- aslida kim tan olinmoqda? Garchi Falastin maъmuriyati vakillikka ega boʻlmasa ham, ichida illat va korruptsiya ildiz otgan boʻlsa ham va u bosqinchi rejim bilan hamkorlik qilib kelayotgan boʻlsa ham, koʻplab mamlakatlar Mahmud Abbos boshchiligidagi maъmuriyatni Falastin xalqining "qonuniy hukumati" deb hisoblaydi,
Balki, Gʻarb Falastin rahbariyatini tashqaridan tayinlashga va bundan HAMAS yoki "Islomiy jihod" kabi qarshilik harakatlarini chetga surib chiqarib tashlashga harakat qilayotgandir? Ularning oʻrniga sunъiy, bosqinchilikka qarshi boʻlmagan, balki uni boshqarsa boʻladigan itoatgoʻy bir “davlat” tuzishga harakat boʻlayotgandir?
Agar voqealar shunday rivojlanadigan boʻlsa, u holda bu tan olishlar birdamlikni anglatmaydi, balki Falastin xalqining ozodlik uchun kurashini neytrallashtirishga qaratilgan geosiyosiy manevr boʻladi.
Yolgʻon davlat tuzogʻi
Katta xavf shundaki, jahon jamoatchiligi Falastinni "tan olingan davlat" deb atay boshlashi mumkin, lekin real vaziyatda u hanuz bosib olingan, mustamlaka qilingan va blokadada qolgan hudud boʻlib qolaveradi. Ushbu huquqiy illyuziya orqali mojaro muzlatib qoʻyilishi, xalqaro bosimlar kamayishi va ularning ahvoli uchun aybni qurbonlarning oʻziga yuklash ehtimoli tugʻiladi.
Bunday stsenariyda falastinliklarning qonuniy anti-kolonial kurashi ikki "hukumat" oʻrtasidagi byurokratik mojaroga aylantiriladi. Bu genotsidning tarix yoʻqotiladi, aparteid koʻzga koʻrinmas holga keltiriladi, shahidlarning ovozi esa oʻchiriladi.
Xulosa
Bu tan olish toʻlqini na xolis, na begʻaraz, na inqilobiydir. Bu – Gʻarbning maъnaviy tanazzuli va Falastin qarshiligining oʻsishi sharoitidagi global siyosiy qayta qurilishning bir qismidir. Albatta, bu diplomatik jihatdan muayyan foyda keltirishi mumkin, lekin oʻzimizni aldamasligimiz kerak: haqiqiy ozodlikni hech qachon xorijliklar tortiq qilmaydi, balki falastinliklarning oʻzlari – Gʻazoda, Gʻarbiy sohilda, muhojiratda va diasporadagi qatъiy irodasi orqali qoʻlga kiritadi.
To bosqinchi sionistlar rejimi agʻdarilmaguncha, hech qanday tan olish toʻliq boʻlmaydi. Toki Gʻazoda qon toʻkilishlar davom etar ekan, hech qanday ramziy harakat etarli boʻlmaydi.
Mulohaza
Geografik joylashuvi boʻyicha oʻzga qitъadagi, moddiy va jismoniy jihatdan bevosita taъsiri boʻlmagan mintaqa vakillarining vaziyatni obъektiv, xolis tahlil qilib, baho berayotgani, bugungi Falastin-Isroil mojarosi nafaqat Gʻarb va Yaqin Sharqdagi mamlakatlarni balki, butun dunyoning asosiy diqqat markazida ekanligidan dalolat beradi. Kelajakda esa, geosiyosiy vaziyat va dunyo ommasining qarashlarini keskin oʻzgarib ketishiga sababchi boʻlish ehtimolidan darak beradi.
Bundan buyogʻiga Gʻarb avvalgidek inson xaq-xuquqlari, demokratik qadriyatlar, ozodlik- hurlik kabi tamoyillar vasiysi, homiysi sifatida dunyoda dominant boʻlolmaydi. Evropa endi harchand urinmasin avvalgi mavqeyini tiklay olmaydi.
Bunga, ehtimol soʻnggi oʻn yilliklar davomida yadro quroliga ega yoki harbiy salohiyati jihatidan yuqori darajada boʻlgan davlatlarga taъsir oʻtkazishda endi yuqorida taъkidlab oʻtilgan tamoyillarga asoslanib, raqib davlatlar ichida ichki nizo va ixtiloflarni chiqarish samara bermay qoʻyganligi sabab boʻlgandir. Chunki, Donalьd Trampning iqtidorga kelgan kuniyoq dastlabki amalga oshirgan islohatlaridan biri bu- USAID faoliyatiga chek qoʻyish boʻldi. Garchi USAIDning rasmiy missiyasi insonparvarlik va taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻlsa-da, aslida uning faoliyati koʻp hollarda tashqi siyosiy taъsir vositasi sifatida baholanib kelinadi.
Soʻnggi yillarda Rossiyaga qoʻyilgan jiddiy va yirik sanktsiyaviy paketlar AQSh uchun deyarli hech qanday foyda keltirmadi va Rossiyaning ichidan turib ixtilof chiqarish strategiyasi samara bermaganligini koʻrsatib qoʻydi. Aksincha, Rossiya misolida, endi AQSh ham xalqaro meъyorlarni bemalol chetlab oʻtib, harbiy kuch-qudrat orqali keskin tashqi siyosat olib borish mumkinligini anglab qolgan koʻrinadi va buning uchun hech qanday jazoga tortilmaslik mumkinligiga ham amin boʻldi. AQSh davlati boshqaruviga taъsir oʻtkazib keluvchi sionistlarning AIPAC lobbi tashkiloti balki shuning uchun bugungi Isroil rejimining etnik tozalash boʻyicha “islohatlari”ni amalga oshirishida AQSh qoʻlloviga erishgandir?
Vaziyatga zohiran qarab, mantiqan tahlil qilib koʻrilsa, aynan shunday savollar paydo boʻladi.
Toʻgʻri-da, harbiy salohiyati, moliyaviy institutlari va texnologik imkoniyatlari borasida Rossiyadan ancha ustun boʻlgan AQSh, xoʻsh, nimaga endi xuddi Rossiya kabi atrofidagi boshqa davlatlarga bosim oʻtkazolmasligi kerak?! Baribir dunyoda AQShni jazoga tortish uchun kuch-qudratga ega boʻlgan biror bir davlat boʻlmasa, BMT kabi barcha xalqaro tashkilotlarga taъsir oʻtkazish richaglari AQShda bisyor boʻlsa ... .