27.06.2025 08:30
43

Tahlil: Gʻarbning Isroilga qarshi sanktsiyalari – “yuzni saqlab qolish” hiylasimi?



Yaqinda Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari tomonidan Isroilning ikki yuqori lavozimli vaziri — Itamar Ben-Gvir va Betsalelь Smotrichga qarshi joriy qilingan sanktsiyalar koʻpchilik tomonidan Isroil rahbariyatida kuchayotgan ekstremizmga qarshi kechiktirilgan, lekin muhim axloqiy pozitsiya sifatida baholandi.

Biroq bu shov-shuvli qadam ortida ancha hisob-kitob qilingan va beadab strategiya yotadi. Bu Gʻarb davlatlarining Isroilga qarshi haqiqiy javobi emas, balki oʻzini goʻyo vahshiyliklarga qarshi turganday koʻrsatish harakati, xolos.

Bu obdon rejalashtirilgan, chegaralangan va natijasi deyarli boʻlmagan choralar koʻproq bir haqiqatni ochib beradi: Gʻarb hukumatlari oʻz ritorikasiga qaramay, Isroilning aparteid tizimi va falastinliklarga qarshi olib borilayotgan genotsid urushining institutsional, ijtimoiy va siyosiy omillariga qarshi chiqishga hali ham tayyor emas.

Sanktsiyalar: simvolik harakatlar va "yon boshdan" tanqid

2024 yil iyun oyida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Norvegiya Isroil hukumatidagi ikki mutaasib millatchi vazir — Itamar Ben-Gvir va Betsalelь Smotrichga qarshi sanktsiya joriy qildi. 

Ilgari buni tasavvur qilishning oʻzi mumkin boʻlmagan ish edi.

Biroq bu "shijoatli" qadam koʻplab tahlilchilar, ayniqsa isroilliklar tomonidan "yosh bolacha qadamlar", "qoʻrqoqlik", "laqma" va Isroilni "ilmoqdan qutqarish" uchun qasddan qilingan harakat sifatida qabul qilindi.

Xuddi shunday, Evropa Ittifoqining Isroilga nisbatan toʻsatdan oʻzgargan munosabati, ularning qoralovchi bayonotlari va savdo kelishuvlarini qayta koʻrib chiqishi ham koʻpchilik tomonidan boshidanoq "simvolik" darajadagi, "stsenariy boʻyicha" harakat sifatida baholandi.

Tanlangan va obdon sahnalashtirilgan, hech qanday taъsir boʻlmagan sanktsiyalar

Ekspertlarning taъkidlashicha, bu sanktsiyalar vazirlarning faqat "bayonotlari" uchun boʻlib, ularning amaliy harakatlari yoki qarorlari uchun joriy qilinmagan. Hatto bu bayonotlar faqat Gʻarbiy Sohilga oid boʻlib, Gʻazoga taalluqli emas.

Bu yoʻl bilan Gʻarb davlatlari shunday farq qiladi: bu ikki vazir ekstremist, lekin Isroil hukumati va armiyasini sanktsiyalardan himoya qilish mumkin. Agar Gʻarbiy Sohildan tashqari, Gʻazo boʻyicha ham bayonotlari- masalan, yadro bombasini tashlash, ochlik bilan qiynash, er bilan yakson qilish yoki Gʻazo aholisni koʻchirib yuborish kabi bayonotlari inobatga olinganida edi, unda butun hukumat, jumladan Binьyamin Netanьyaxu, uning xavfsizlik kabineti va harbiy rahbariyati ham ayblanishi kerak edi.
Shuningdek, agar sanktsiyalarda amaliy harakatlar mavjud boʻlganida — masalan, noqonuniy koʻchmanchi mahallalarni kengaytirish uchun joriy etilganida edi, bu butun davlat mexanizmlariga taalluqli boʻlgan boʻlardi.

Agar Gʻarb davlatlari rostdan ham bu kabi harakatlardan tashvishda boʻlishganida, 2024 yil iyulida Xalqaro sudning Isroil okkupatsiyasi noqonuniy ekanligi haqidagi xulosasini amalga oshirib, noqonuniy koʻchmanchi hududlardan tovar import qilishni taqiqlashi va u erdagi kompaniyalarga qarshi sanktsiya joriy qilgan boʻlardi.

Haqiqiy taъsirsizlik va "sovgʻabop" choralar

Sanktsiyaga tushgan ikki vazir amalda Gʻarbga kamdan-kam sayohat qiladi va u erda aktivlarini saqlamaydi. Shu bois bu sanktsiyalar amaliy emas, balki "piar" xarakteriga ega boʻlib, shunchaki "jamoatchilikni tinchlantirish" uchun qilinadi.

Masalan, Buyuk Britaniyaning Isroil bilan yangi savdo kelishuvi muzokaralarini vaqtincha toʻxtatishi ham faqat tashqi koʻrinishni saqlab qolish uchun qilingan. Shu bilan birga, Britaniya bosh vaziri Xalqaro jinoyat sudi prokuroriga Netanьyaxuga qarshi order chiqarmaslik uchun bosim oʻtkazgan.

Evropa Ittifoqining savdo kelishuvini "qayta koʻrib chiqishi"

May oyi oxirida Isroil yordam gumanitar yordamni Gʻazoga kiritishni toʻliq toʻxtatganidan soʻng, EI Isroilning inson huquqlari boʻyicha majburiyatlarini buzgan-buzmaganini aniqlash uchun EI-Isroil 
Assotsiatsiya kelishuvini "qayta koʻrib chiqish"ni eъlon qildi.

Bu 12 oy ichidagi uchinchi qayta koʻrib chiqish hisoblanadi. Ilgari ikkita tekshiruv ham Isroilni aybdor deb topgan, biroq hech qanday amaliy chora koʻrilmagan. EIning tashqi ishlar rahbari Kaya Kallas yopiq eshiklar ortida "Isroil inson huquqlarini buzmayapti deb oʻylash uchun aqlsiz boʻlish kerak" degan.
Shu bilan birga, aniq va yozma hisobot tayyorlanmasligi aytilgan — faqat ogʻzaki natijalar bilan kifoyalangan. Bu hech qanday majburiyatni keltirib chiqarmaslik uchun qilinadi.

Falastinni tan olish – faqat qoʻldan kelmaydigan tahdid

Falastinni davlat sifatida tan olish masalasi koʻp marta koʻtarildi. Saudiya Arabistoni ham bu masalada Evropa davlatlariga bosim oʻtkazdi. Biroq Frantsiya bu tan olishni XAMASning toʻliq qurolsizlantirish, Gʻazodan chiqarilishi va Falastin siyosiy jarayonidan chetlatilishi shartlariga bogʻlab qoʻydi.

Frantsiya bu bilan Falastinni tan olmaslik uchun bahona topgan. Chunki XAMAS bu shartlarni qabul qilmaydi, u oʻzini faqat Isroil okkupatsiyasi tugaganidan soʻng tarqatib yuboirishini vaъda qilgan.

Gʻarbning pozitsiyasi nima uchun oʻzgardi?

2025 yil may oyida Gʻarb davlatlari kutilmaganda Isroilga nisbatan tanqidiy bayonotlar berdi. Germaniya ham oxirigacha jim turolmay, "bu urushni endi oqlab boʻlmaydi" dedi.

Bu — Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan shafqatsizliklar jamoatchilik fikrini oʻzgartirib yuborgani, shu bilan EI rahbarlariga jamoatchilik bosimi oʻsayotganini anglatadi.

Ikkinchidan, Isroil etakchilari oʻzlarini butunlay jazodan mustasno deb bilib, endi genotsidni amalga oshirish haqida ochiq gapira boshladi. Shu bilan ular hatto Gʻarbdagi eng kuchli tarafdorlarini ham xijolatga soldi.

EI diplomatlaridan biri aytganidek, Isroil etakchilari hozir oʻz harbiy jinoyatlarini faqat amalga oshiribgina qolmay, balki ularni ochiqchasiga eъlon qiladi. Bu esa Gʻarb davlatlariga ham endi koʻz yummaslikni muqarrar qiladi.

Xulosa: Teatr, lekin adolat emas

Oxir-oqibat, Ben-Gvir va Smotrichga qarshi sanktsiyalar, EIning bevafo tekshiruvlari, toʻxtatilgan savdo muzokaralari va Falastinni tan olish masalasidagi boʻsh tahdidlar — bularning barchasi haqiqiy oʻzgarish emas. Ular hozirgi status-kvo saqlanishini taъminlaydi.

Gʻarb bu bilan jamiyat emas, balki shaxslarga qarshi yoʻnaltirilgan ramziy harakatlar qilib, aparteid tizimini va mustamlakachilikni himoya qiladi. Ular gaplardan koʻra harakatlarni, shaxslardan koʻra institutlarni nishonga olishlari kerak.

Aks holda, bularning barchasi faqat siyosiy sahna — yuzni saqlash va haqiqatni inkor qilish uchun oʻynaladigan teatrdir.

Muhammad Shexada, falastinlik yozuvchi va tahlilchi, Euro-Med Human Rights Monitor'da Evropa Ittifoqi bilan aloqalar boʻyicha rahbar 

https://www.newarab.com/analysis/why-western-sanctions-israel-are-face-saving-manoeuvre



Mavzuga aloqador