03.11.2024 18:39

“Sadoqatsiz, lekin adolatparvar”. Yangi avlod haqida nimalar maʻʻlum?



Garchi 1997 -2012 yillar oraligʻida tugʻilgan Z (Zet) avlod , dunyodagi ishchi kuchining asosiy qismini tashkil etsa-da, ish beruvchilar bu avlodni ishga olishdan tiyilmoqda.

Ijtimoiy soʻrovnomalarga koʻra, rahbarlarning bunday  yoʻl tutishiga bir necha omillar sabab boʻlmoqda: ularning ish tajribasi kamligi, kasbiy xatti-harakatlaridagi farqi, ish joyini tez almashtirish odati va COVID19 pandemiyasidan soʻng ushbu avlodga nisbatan xavotirlar shular jumlasidandir.

 Kasbiy tajribasining kamligi

ResumeBuilder markazi oʻtkazgan ijtimoiy soʻrovnomaga koʻra, 80 %ga yaqin ish beruvchilar Zet avlodning tajribasi kamligidan shikoyat qilishgan. Buning sababi ushbu avlodning katta qismi mehnat bozoriga pandemiya vaqtida yoki undan soʻng kirib kelganligidadir. Chunki ular bu davrda anʻʻanaviy ish muhitida oʻqitish orqali kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish uchun etarli imkoniyatlarga ega emasdilar. Kasbiy tajribaning kamligi Zet avlodning ish talablariga moslashishiga toʻsqinlik qilmoqda. Rivojlangan dunyoda bu ularning katta malaka talab qilinadigan mansablarga tayinlanishiga xalal beryapti.

Tez-tez ishini almashtirish odati

Ish beruvchilarni bu avlod vakillarining tez-tez ishini oʻzgartirishi ham tashvishlantiradi. Qayd etilishicha, ishga yollovchilarning 63 foizi Zet avlodning ishini arzimagan bahonalar bilan tashlab ketishidan nolishmoqda. Ushbu holat madaniy va texnologik oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlib, bu oldingi avlodlarga nisbatan oʻrtacha ishda qolish muddati qisqartirishiga olib keladi. Gallup konsalting va tadqiqot markazining maʻʻlum qilishicha, Zet avlodning 60 foizi, agar ular oʻrganish va oʻsish uchun imkoniyatlarini koʻrmasa, ish joyiga koʻp ham sadoqat namoyon etishmaydi. Ushbu xatti-harakatlar kompaniyalarni yangi avlodni oʻqitishga va rivojlantirishga koʻproq mablagʻ sarflashga undaydi.

Noprofessional xatti-harakatlari

Hisobotda keltirilishicha, Zet avlodning kattalarga nisbatan ustuvorliklari va qadriyatlaridagi farq – ish va shaxsiy hayotdagi muvozanatni saqlay olishi va ish joyida moslashuvchanlikni afzal koʻrishi hamdir.

Baʻʻzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Zet avlodi anʻʻanaviy ish shakllariga qarshi turishga moyil boʻlishadi va ular oʻz maqsadlariga erishish yoʻlida pillapoya vazifasini bajaruvchi muhitni qidiradi. Ushbu yangi qadriyatlar baʻʻzi ishga  yollovchilar tomonidan nomaqbul xatti-harakat yoki talab qilinadigan majburiyatni bajarmaslik sifatida talqin qilinishi mumkin.

Yomon ish etikasi va masʻʻuliyatsizlik

Deyarli har ikki ishga qabul qiluvchining birida Zet avlodning ishonchliligi va kasb etikasi haqida shubha mavjud. Koʻpgina shirkat mudirlar Zet avlodi oldingilar, misol uchun, X avlod (1965-1980 orasida tugʻilgan) yoki ming yillik avlodi (1981-1996 yillarda tugʻilgan) kabi ish majburiyatlariga rioya qilmasligidan noliydi. Baʻʻzilar buni texnologiya taʻʻsiri va qatʻʻiy kasbiy anʻʻanalardan uzoqlashish bilan bogʻlashadi. Sababi Zet avlodi koʻproq vazifasini osonroq bajarish uchun zamonaviy texnologiyalaradan foydalanishadi. Shuningdek avlodlarning umidlari va anʻʻanaviy ish muhiti oʻrtasida ham tafovut bor.

COVID19 pandemiyasining salbiy oqibatlari

COVID19 pandemiyasining taʻʻsiri tufayli Zet avlod uchun bu qiyinchiliklar yanada kuchaydi. Masofaviy ishlashga oʻtish va amaliy mashgʻulotlarning yoʻqligi ularning ishga joylashish uchun zarur boʻlgan asosiy koʻnikmalarga ega boʻlishini kechiktirdi. Oqibatda ularning kasbiy yutuqga erishish imkoniyatlari pasaydi.

ResumeBuilder markazining karʻera boʻyicha bosh maslahatchisi Steysi Xallerning fikricha, bu davrda koʻpgina shirkatlarda qoʻllab-quvvatlash va taʻʻlim berishga imkoni yoʻq edi. Bu sabablar Zet avlodni qiyin vaziyatga tushirib qoʻydi. Microsoft esa Zet avlod vakillarining 54 foizi virtual ish muhitida hamkasblari va boshqaruvchilar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch kelganini aniqlagan.

Ekologik va ijtimoiy muammolarga eʻʻtibor qaratish

Ijtimoiy va atrof muhitga oid masalalarga eʻʻtibor qaratish baʻʻzilar uchun ijobiy afzallik deb hisoblansa, baʻʻzi anʻʻanaviy ish boshqaruvchilar tomonidan bunday faollik salbiy qabul qilinishi mumkin. Karʻera boʻyicha maslahatchi Brayan Driskollning taʻʻkidlashicha, ijtimoiy masalalarga qiziqishi ortib borayotgan Zet avlodni xushlamayotgan shirkatlar  yangi va keng qamrovli nuqtai nazarlardan mahrum boʻlishi mumkin. Zet avlodga nisbatan qanchalik salbiy fikrlar mavjud boʻlmasin, ularning xizmatidan foydalanmaslik kompaniyalarni texnologik yutuqlar, atrof-muhit va ijtimoiy muammolarni hal qilishga oid echimlardan bebahra qoldirishi mumkin. Bu esa turli sohalarda faoliyat yuritayotgan guruhlarning uzoq muddatli bozor oʻzgarishlariga moslashish qobiliyatiga salbiy taʻʻsir koʻrsatadi.

Diniy qarashlari

Ushbu avlod vakillari tobora ortib borayotgan internetga qaramlik tufayli oʻzlarini yolgʻiz his qilishadi va tabiiyki, ular tushkunlikka tushib qolishmoqda. Afsuski, bu soʻnggi yillarda dunyodagi qator rivojlangan mamlakatlar yoshlari orasida oʻz joniga qasd qilish tendentsiyasining kuchayishida yaqqol namoyon boʻlyapti. Shuning uchun yosh avlod qalbiga Islomning tasalli beruvchi jihatlari orqali koʻprik qurish foydali boʻladi: bu ularning tashvishlarini engillashtirishga va ruhiy azoblarini kamaytirishga yordam beradi. Shu oʻrinda diniy amallarni bajarish, zikr majlislari, Qurʻʻon oʻqish ham yoshlarni tushkunlikdan xalos etishi kuzatilgan.

Zet avlodning bir qator afzalliklari – atrof-muhit va uning muhofazasiga befarq emasligi, adolat va tenglikni qadrlashi ularni Islomga qiziqtirishda ham muhim rolʻ oʻynaydi. Yaratganga ishonch insonlar uchun eng asosiy ehtiyojdir. Bu ehtiyojni qondira olmagan odamning haqiqiy baxtga erishishi mumkin emas. Zamonaviy hayot odamlarda sunʻʻiy istaklarni yuzaga keltirdi va ularni haqiqiy ehtiyojlarni unutishga majbur qildi. Oqibatda insoniyat tashvish, depressiya va oʻz joniga qasd qilish kabi fojialarni boshdan kechirmoqda. Aslida, Allohning biru borligiga ishonish bandasining hayot qiyinchiliklaridan qutulib, panoh topishi demakdir.

Afsuski, bugungi kunda Zet avlodi islomiy haqiqatlarni anglashda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunga jamiyatda oʻrnatilgan dinga qarshi tartib qoidalar, oʻz diniga amal qilganlarni "mutaassib", "terrorchi" sifatida koʻrsatish, ijtimoiy doiralar va ommaviy axborot vositalarida Islomga qarshi propagandaning avj olgani sabab boʻlyapti.

Bursa Uludagʻ Universiteti (BUU) tadqiqotlarida keltirilishicha, asosan islomofobiya ildiz otgan jamiyatlarda yashovchi musulmonlar dindor boʻlishdan yoki shunday koʻrinishdan qochadi. Soʻrovnomada ishtirok etganlarning fikricha, ular bunday jamiyatlarda oʻzlarini dinsiz yoki boshqacha dunyoqarash sohibi sifatida koʻrsatish orqali zamonaviy inson deb qabul qilinishlari mumkin. Asl islomiy kechinmalarini ifoda etib, biror tazyiqqa uchrashi yoki masxara qilinishi ham turgan gap.

Lekin Zet avlodining dindorligini belgilovchi yana bir omil bu kiyinishi va tashqi koʻrinishdir. Ular insonni dindor deb hisoblash uchun u xuddi shunday qiyofada boʻlishi yoki boshqacha aytganda, "yo asling kabi koʻrin yoki koʻringaningdek boʻl", shiorini tanlashadi. Biz bu holatni "koʻrinadigan dindorlik" deb atashimiz mumkin. Bu musulmon kishi kiyimi va tashqi koʻrinishi bilan boshqalardan ajralib turishini ham anglatadi. Biroq mazkur holatni ikkiyuzlamachilik va nosamimiylikka yoʻyish xatolikdir.

Garchi Zet avlodi koʻplab tahlilchilar tomonidan "dunyoviy avlod" sifatida tavsiflansa-da, BUU tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, ularning katta qismi Allohga, paygʻambarlarga va oxirat kuniga ishonishadi. Aytish mumkinki, Zet avlodi hayotda individuallikka katta ahamiyat beradi. Jumladan, soʻrovnoma ishtirokchilari mutlaq maʻʻnoda boshqalarning tanlovini hurmat qilish joizligini taʻʻkidlashgan.


Najvan Ahmad – “Al Jazeera” jurnalisti