14.05.2025 15:10
86

Rossiya-Ukraina muzokaralari haqida nimalar maъlum?

Ukraina va Rossiya Turkiyada tinchlik muzokaralari uchun uchrashmoqda.  Bu safar AQSh prezidenti Donalьd Tramp muzokaralarga qoʻshilish uchun uchib kelishi mumkinligini bildirdi. Oxirgi bor bu ikki davlat Turkiyada bundan uch yil oldin uchrashgan, ammo unda tomonlar oʻzaro murosaga kelolmagandi. 


Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy payshanba kuni boshlanishi kutilayotgan muzokaralar uchun Istanbulda boʻlishini maъlum qildi va Rossiya rahbari Vladimir Putinni u erda uchrashishga chaqirdi.


Zelenskiy dushanba kunidan boshlab Rossiya bilan oʻt ochishni toʻxtatishga umid qilayotganini va AQSh prezidenti Donalьd Tramp Ukrainani Rossiyaning soʻnggi taklifi – payshanba kuni Turkiyada toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishni qabul qilishga undaganidan soʻng Turkiyada “shaxsan Putinni kutajagini” aytdi. Ukraina Evropadagi ittifoqchilari bilan birgalikda Rossiyadan muzokaralar oʻtkazishdan oldin dushanba kunidan boshlab 30 kunlik shartsiz oʻt ochishni toʻxtatishni qabul qilishni talab qilgan edi. Biroq Moskva amalda bu taklifni rad etib, buning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga chaqirdi.


Zelenskiyning Turkiyada boʻlishi dushanba kungi oʻt ochishni toʻxtatish shartiga bogʻliq ekanligi aniq emas. Kreml esa Putinning borish-bormasligini zudlik bilan sharhlashdan oʻzini tiydi. 2022 yilda, urushning dastlabki oylarida Zelenskiy bir necha bor Rossiya prezidenti bilan shaxsan uchrashishga chaqirgan, ammo rad etilgandi. Oxir-oqibat u Putin bilan muzokaralar olib borish imkonsiz boʻlib qolganini eъlon qiluvchi farmon chiqardi.


Kimlar qatnashyapti?


Oʻz ishtiroki haqida eng koʻp gapirgan shaxs – Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. U shu hafta boshida ijtimoiy tarmoqlarda Trampning Putin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish haqidagi chaqiriqlarini qoʻllab-quvvatlashini yozdi.


“Men uchrashuvga tayyor ekanimni ochiq aytdim. Turkiyada boʻlaman. Umid qilamanki, ruslar bu uchrashuvdan qochmaydi”, deb yozdi u X tarmogʻida.


U Tramp “biz bilan birga – Turkiyadagi uchrashuvda boʻlishiga” ham umid bildirdi. “Bu juda toʻgʻri fikr”, deb qoʻshib qoʻydi u. “Biz koʻp narsani oʻzgartirishimiz mumkin”.


Uning izohlari Tramp Putin va Zelenskiy oʻrtasida “yaxshi uchrashuv imkoniyati” borligini aytganidan soʻng paydo boʻldi. Ikki rahbar 2019 yildan beri uchrashmagan, oʻshanda ikkalasi ham Zelenskiy prezidentlikka saylangandan bir necha oy oʻtgach, Parijda boʻlib oʻtgan Normandiya formatidagi sammitda qatnashishgandi.


AQSh prezidenti seshanba kuni boshlangan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga safari oldidan Fors koʻrfaziga tashrifi chogʻida muzokaralarga “uchib kelish haqida oʻylayotganini” aytdi.


Putin tashrif buyuradimi yoki yoʻqmi, hozircha nomaъlum, ammo bu ehtimoldan yiroq. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ehtimoliy ishtirokchilar haqida soʻralganda, Rossiya tomonidan Istanbulga kimlar kelishi mumkinligini aytishdan bosh tortdi.


“Umuman olganda, biz uzoq muddatli tinch kelishuvga erishish yoʻllarini jiddiy izlashga qatъiy qaror qildik. Bori shu”, dedi Peskov.


Uchrashuv Putin dam olish kunlari kutilmagan nutqida tinchlik kelishuvi haqida jiddiy gapirgani ortidan boʻlib oʻtmoqda.


Biroq Zelenskiyning bosh yordamchilari agar Putin kelmasa, prezident Rossiyaning quyi darajadagi amaldorlari bilan uchrashmasligini taъkidlashdi. Kiev Putin Moskvadagi yagona qaror qabul qiluvchi shaxs ekanini taъkidlamoqda.


“Agar Vladimir Putin Turkiyaga kelishdan bosh tortsa, bu Rossiya ushbu urushni tugatishni istamasligi, Rossiya hech qanday muzokaralarga rozi va tayyor emasligining yakuniy signali boʻladi”, dedi Zelenskiy devonxonasi rahbari Andriy Ermak seshanba kuni bergan bayonotida.


Ukraina va Rossiya joriy yilda Saudiya Arabistonida Tramp maъmuriyati bilan alohida muzokaralar oʻtkazdi, ammo uchrashuvlar aniq natijalarga olib kelmadi.


Ukraina muzokaralariga Ermak va uning sobiq oʻrinbosari, oʻtgan yilning sentyabrь oyida mamlakat bosh diplomati lavozimini egallagan tashqi ishlar vaziri Andriy Sibixa rahbarlik qildi.


Rossiya muzokaralariga esa mamlakat hukumatining eng uzoq muddat ishlagan amaldori, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rahbarlik qildi.


U Putinga sodiq boʻlsa-da, Rossiya rahbarining Ukraina boʻyicha qaror qabul qilish jarayoniga hech qanday taъsir koʻrsatmaydi va Putinning yaqin doirasiga kirmaydi.


Muzokaralarda Rossiya rahbarining tashqi siyosat boʻyicha oliy maslahatchisi, AQShdagi sobiq elchisi Yuriy Ushakov ham ishtirok etdi.


Ushakov shu hafta boshida Istanbuldagi muzokaralarda “2022 yilda toʻxtatilgan muzokaralar” natijalari va “joylardagi vaziyat” koʻrib chiqilishi kerakligini aytgan edi.


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Zelenskiy, Putin va Tramp bilan alohida suhbatlarda Rossiya-Ukraina tinchlik saъy-harakatlarini muhokama qilganini bildirdi.


Erdogʻan “tinchlik uchun yangi imkoniyatlar oynasi paydo boʻlganini” aytdi va 2022 yilda Turkiya mezbonlik qilgan avvalgi muzokaralar muvaffaqiyatga yaqin kelganini taъkidladi.


Urushni tugatish uchun bitim tuzish ehtimoli qanday?


Koʻpchilik muzokaralarga nisbatan ijobiy fikr bildirmayapti. Tramp maъmuriyati ikki mamlakat uch yildan soʻng muzokaralarga oʻtirishini ijobiy holat sifatida baholayotgan boʻlsa-da, ularning murosaga kelishi qiyin boʻlgan pozitsiyalari haqiqati oʻzgarmay qolmoqda.


Putin Ukraina qatъiy ravishda qurolsizlanishi, NATOga aъzo boʻlish niyatidan voz kechishi va toʻrtta hududni, jumladan Donetsk, Zaporojьe va Xersonning Rossiya nazoratida boʻlmagan qismlarini topshirishi kerakligini qatъiy talab qilmoqda.


Ukraina va uning gʻarbdagi ittifoqchilari bu talablar mamlakat suverenitetini yoʻq qilishga va Kievni Rossiyaning ikkinchi bosqini xavfi ostida zaiflashtirish uchun urinish ekanligini taъkidlashmoqda.


Moskva, shuningdek, Ukrainadan Qrim yarim orolini Rossiya hududi sifatida tan olishni talab qilmoqda. Bu Kiev uchun hech qachon oʻtib boʻlmaydigan qizil chiziq hisoblanadi. Putin 2014 yilda Ukrainadagi Evropaparast va demokratiyaparast norozilik namoyishlaridan keyin Qora dengizda Rossiya bilan chegaradosh boʻlgan bu yarim orolni noqonuniy ravishda oʻziga qoʻshib olgandi.


Ukrainaning Evropadagi hamkorlari, jumladan Britaniya tinchlik muzokaralari boshlanishidan oldin Rossiya oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi kerakligini qatъiy aytib chiqdi. Agar Putin buni rad etsa, ular Moskvaga qoʻshimcha sanktsiyalar joriy etishi mumkin. 


Rossiya esa, oʻz navbatida, tahdidlarga javob bermasligini maъlum qildi.


2022 yil mart oyida Turkiyada boʻlib oʻtgan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi soʻnggi yuzma-yuz tinchlik muzokaralari hech qanday kelishuvga erishilmay yakunlangan edi.


Muhammad Dovud Asadulloh 

Mavzuga aloqador