13.05.2025 11:36
48

Tramp Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida shaxsan oʻzi qatnashmoqchi



AQSh prezidenti Donald Tramp 15 mayda Istanbulda Rossiya va Ukraina oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda shaxsan oʻzi qatnashishi mumkin. Bu haqdan Trampning oʻzi maъlum qildi. 

U jurnalistlarga payshanba kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvni juda muhim deb atab, bu natijaga erishish uchun koʻp harakat qilganini taъkidlagan.

Shuningdek, Tramp Istanbuldagi qarorlar jiddiy qabul qilinishini qoʻshimcha qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Ukraina oʻrtasida Istanbuldagi uchrashuvdan "yaxshi natijalar kutish mumkin". 

Shuningdek, Tramp Erdoʻgʻonning ajoyib mezbon ekanligini ham eъtirof etgan.

Maъlumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 may kuni Ukraina bilan "oldindan hech qanday shartlarsiz" Turkiyada toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishni taklif qildi. Zelenskiy ham Istanbulda Putin bilan bevosita muzokaralarga tayyor ekanligini aytdi. 

Mavzuga aloqador