12.05.2025 06:59
240
Istanbulda Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralari: tomonlar nima demoqda?
2025 yil 15 may kuni Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina prezidentlari — Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu uchrashuv 2022 yil mart oyidagi muzokaralardan soʻng ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi ilk bevosita muloqot boʻladi.
Putin: “Shartlarsiz muzokaralarga tayyormiz”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 may kuni Kremldagi chiqishida Ukraina bilan shartlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishni taklif qildi. Uning soʻzlariga koʻra, muzokaralar 15 may kuni Istanbulda boʻlib oʻtishi mumkin. Putin, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan bogʻlanib, muzokaralarni tashkil etishda yordam soʻraganini maъlum qildi.
Kremlь yordamchisi Yuriy Ushakov esa muzokaralar 2022 yil Istanbuldagi kelishuv loyihasi va hozirgi front holati asosida olib borilishi kerakligini taъkidladi.
Zelenskiy: “Toʻliq va ishonchli otashkesim kerak”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinning taklifiga javoban Rossiyadan 12 maydan boshlab 30 kunlik shartsiz otashkesimni talab qildi. U oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida: “Biz toʻliq va ishonchli otashkesimni kutyapmiz. 15 may kuni Turkiyada boʻlaman va Putinni shaxsan kutib olaman”, deb yozdi.
Erdogʻan: “Tarixiy burilish nuqtasi”
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan 11 may kuni Putin va Frantsiya prezidenti Emmanuelь Makron bilan telefon orqali muloqotda bu muzokaralarni “tarixiy burilish nuqtasi” deb atadi. U Turkiyaning muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyorligini va otashkesimni amalga oshirish orqali tinchlik muhitini taъminlashni istashini bildirdi.
Tramp: “Muzokaralar darhol boshlanishi kerak”
AQSh prezidenti Donalьd Tramp oʻzining Truth Social platformasida shunday yozdi: “Putin Ukraina bilan otashkesim tuzishni xohlamaydi, balki 15 may kuni Turkiyada uchrashib, urushni butunlay tugatish boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqchi. Ukraina buni darhol qabul qilishi kerak”.
U oʻzini bu jarayonda vositachi sifatida koʻrishga tayyorligini ham bildirdi.
Xalqaro munosabatlar va bosim
Evropa Ittifoqi davlatlari — Frantsiya, Germaniya va Polьsha rahbarlari Rossiyadan 30 kunlik shartsiz otashkesimni talab qilmoqda. Agar Moskva bu talabga rioya qilmasa, EI tomonidan yangi iqtisodiy sanktsiyalar joriy qilinishi mumkinligi bildirildi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham muzokaralarni qoʻllab-quvvatlashini va zarur holda texnik vositachilikka tayyor ekanini maъlum qildi.
Qayd etish joizki, 15 may kuni Istanbulda oʻtadigan Rossiya–Ukraina muzokaralari butun dunyodagi tinchlik umidlari uchun sinov boʻladi. Urushdan charchagan mintaqalar va xalqaro iqtisodiyot uchun bu jarayon hal qiluvchi bosqichga aylanishi mumkin. Taraflardan siyosiy iroda va real yondashuv talab qilinadi. Turkiya, bu borda, har ikki tomonni oʻrta yoʻlga chaqirib, tarixiy rolь oʻynamoqda.