14.08.2025 07:20
125

Muzokaralar va “iltijolar” Gʻazodagi ocharchilikni toʻxtata olmaydi



2025 yil 17 iyulь kuni bosqinchi isroil armiyasi Gʻazodagi yagona katolik cherkovini bombardimon qildi. Uch kishi halok boʻldi, kamida oʻn nafar odam jarohat oldi. Jarohatlanganlar orasida Papa Frantsisk bilan deyarli har kuni muloqotda boʻlgan ruhoniy Gabrielь Romanelli ham boʻlgan.

Hujum xalqaro hamjamiyatda norozilik keltirib chiqargandi. Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni bu hodisani “qabul qilib boʻlmaydi” deya baholagan. Yangi Papa Leo esa “chuqur qaygʻu”li bayonot bilan cheklangan boʻlsa-da, koʻplar uni “noaniq” va “siyosiy jihatdan zaif” bayonot deb atagandi. Isroil esa odatdagidek hodisadan “afsusdaligini” bildirib qoʻya qolgandi. Oʻshanda Quddus Lotin Patriarxati cherkovining ruxsati bilan oz miqdorda oziq-ovqat va dori-darmon etkazildi. Bu insonparvarlik yordamlarini gʻazoliklar minnatdorlik bilan qabul qilishgandi.

Ammo savol tugʻiladi: nega xalqaro huquqlarda kafolatlangan asosiy insoniy ehtiyojlar – oziq-ovqat, suv, tibbiy yordam kabilar uchun muzokaralar olib borishga majburmiz?

1949 yildagi Toʻrtinchi Jeneva Konventsiyasi va 1907 yildagi Gaaga Reglamentlarida ochiq aytilgan: bosqinchi davlatlar oʻz nazoratidagi aholiga oziq-ovqat, suv va tibbiy xizmatni taъminlashga majbur! Buni toʻsish yoki kechiktirish esa nafaqat gʻayriinsoniy, balki urush jinoyati sifatida baholanadi. Bundan tashqari, mahalliy aholini majburan koʻchirish yoki oʻz fuqarolarini ishgʻol qilingan hududlarga joylashtirish ham xalqaro huquqqa ziddir. Bosqinchi isroil esa bu normalarni muntazam ravishda buzmoqda.

Biroq shu sabab jazolanish oʻrniga, sionistlar oziq-ovqat kirishiga ruxsat berishi evaziga xalqaro hamjamiyatdan imtiyozlar oldi. Yaqinda Evropa Ittifoqi (EI) isroilga qarshi 10 ta sanktsiyani muzokaralar (oziq-ovqat kirishi) evaziga bekor qilgan. Amnesty International bu qarorni “oʻz printsiplariga ochiq xiyonat” deb atadi. Eng achinarlisi, hatto oʻsha “bitim” ham bajarilmayapti.

OAV xabarlariga koʻra, Isroil Gʻazoga kuniga 500 ta emas, atigi 80 ta yordam yuk mashinasini kiritmoqda. Yordam konvoylari doim qurollangan toʻdalar hujumiga uchrayapti, isroil armiyasi esa ularni himoya qilayotganlarga qarata oʻt ochmoqda.

BMT esa hanuz ocharchilikni rasman eъlon qilishdan “uyal”moqda, ammo Gʻazoda bolalar har kuni ochlikdan jon bermoqda.

Isroilning oʻzi tuzgan Gʻazo Gumanitar Fondi (GHF) yordam tarqatishni BMTdan tortib olib, uni siyosiy nazorat quroliga aylantirdi. May oyidan beri GHF boshqaruvidagi taqsimot punktlarida 900 ga yaqin odam Isroil askarlari tomonidan oʻldirilgan.

EI va boshqa davlatlar agar umumiy sanktsiyalar joriy qila olmagan taqdirda, hech boʻlmasa qurol etkazib berishni toʻxtatishi, noqonuniy posyolkalar bilan savdoni taqiqlashi va ishgʻolni qoʻllab-quvvatlayotgan institutlar bilan hamkorlikni yakunlashi kerak. Bular siyosiy tanlov emas – xalqaro huquqda belgilangan majburiyatlardir!

isroilga murojaat qilish, “yalinib-yolvorish” samarasizligi aniq. Qachonki urush jinoyatlari vaqtinchalik engillik evaziga eъtibordan chetda qolsa, ocharchilik urush quroliga aylanadi, tinch aholining hayoti esa siyosiy qurolga aylanadi.

Xalqaro hamjamiyat, cherkov institutlari va dunyo etakchilari – insonparvarlik yordamini davom ettirishi kerak. Ammo bu adolatning oʻrnini bosa olmaydi. isroil oʻzining yuridik va maъnaviy vazifalarini bajarishga majbur qilinishi shart!

Mavzuga aloqador