Isroil Qatarga zarba berib, AQShning "obroʻsi"ni toʻkdi
Kecha Isroil Qatarda HAMAS rahbariyatining yuqori martabali aъzolariga zarba bergandi. Dastlab Dohadagi harakat vakillarining taqdiri nomaъlum edi.
Keyinchalik Gʻarb nashrlari ushbu hujum oqibatida HAMASning bosh muzokarachisi Halil al-Hayyaning oʻgʻli va uning ofis-menejeri oʻldirilgani haqida yozdi. Shuningdek, Qatarning xavfsizlik xodimi ham halok boʻlgan.
Ekspertler Isroil bosh vaziri Netanyaxu Dohaga hujumni oʻz zimmasiga olgan boʻlsa-da, bu voqea AQShning mintaqadagi obroʻsiga kuchli zarba boʻlishi mumkinligini aytishmoqda.
Qayd etilishicha, Qatarda AQShning eng yirik harbiy bazasi — Al-Udeyd joylashgan. Ana shu strategik obъekt joylashgan hududda yirik xorijiy maxsus operatsiya oʻtkazilgani AQShning ittifoqchi davlat xavfsizligini taъminlashdagi ojizligini koʻrsatadi. Fors koʻrfazi davlatlari — Saudiya Arabistoni va BAA uchun ham bu aniq signal: Amerika xavfsizlik tizimlari va oʻzaro yordam shartnomalari yaqin ittifoqchilari qarshisida ishlamaydi.
Isroilning bunday qadamlari AQShning diplomatik tashabbuslariga ham zarar etkazishi mumkin. Xususan, Qatar asosan garovdagilarni ozod qilish va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda vositachi rolini bajarayotgan edi. Kechagi zarba esa aynan qatarlik vositachilar va HAMAS rahbarlari AQShning navbatdagi sulh taklifini muhokama qilayotgan paytda berildi.
Vashington ogʻir holatda qoldi: yoki AQSh maъmuriyati voqeadan bexabar boʻlib, Isroilni toʻxtata olmagan, yoki xabardor boʻlib, qatarliklarni ogohlantirishni istamadi. Har ikkala vaziyatda ham AQSh oʻz ittifoqchisini nazorat qila olmaydigan yoki oʻzi xiyonatkorona siyosat yuritayotgan davlat sifatida koʻrinmoqda.
Shuni ham unutmaslik kerakki, HAMAS siyosiy byurosi Dohada aynan Obama maъmuriyatining koʻmagi bilan ochilgan edi. Bundan tashqari, HAMAS Siyosiy Kengashi tarkibida AQSh fuqarolari ham bor — bu esa Oq Uy uchun jiddiy savollarni keltirib chiqaradi (yaъni, Tramp oʻz fuqarolarini oʻldirishga ruxsat bergan).