22.11.2024 11:13
Ijod erkinligining chegarasi qaerda?
Ijod erkinligining chegaralari bormi, qanday holatlarda ijod erkinligi cheklanishi mumkin, xalqaro huquqda bu haqda nima deyilgan? Ayrimlar ijod erkinligi bahonasida terrorizm, LGBT, irqchilikni targʻib qilmayaptimi?
Madaniy huquqlar (cultural rights) inson huquqlari tizimida fundamental huquqlardan biri hisoblanadi.
Mazkur huquq Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham alohida taʻʻkidlangan, jumladan, 53-moddada “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qiladi”, deyilgan. Bu bilan ijod erkinligi (yaʻʻni madaniy huquqlar)ni taʻʻminlanishi eʻʻtirof qilinmoqda.
Ijod erkinligi oʻzi nimalarni aynan qamrab oladi degan savolga shu oʻrinda javob berib ketsak. Demak, ijod erkinligi bu adabiyot, tasviriy sanʻʻat, ilmiy, texnik, sanʻʻat va yana boshqa turlarni qamrab oladi.
Ijod erkinligini oʻzi umuman erkinlikni cheklash, uni taqiqlash bu albatta Xalqaro va ommaviy huquq normalariga zid hisoblanadi.
Lekin har bir jamiyatda oʻziga xos ravishda “cheksiz huquqlardan foydalanishda cheklovlar borligini amalda koʻrishimiz mumkin. Masalan, Frantsiyada 1798 yil 26 avgustdagi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”da fikr, soʻz va matbuot erkinligi ajralmas va muqaddas inson huquqlari sifatida koʻrsatilgan boʻlib, ular “masʻʻuliyat tahdidi” yaʻʻni boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilgan holda ijod qilishga huquqlar berilishi yozilgan. Yoki Norvegiyaning amaldagi Konstitutsiyasining 100-moddasiga koʻra, “Matbuot va ijod erkinligi taʻʻminlanadi. Hech kim qonunlarga boʻysunmaslik, dinga, axloqqa yoki konstitutsiyaviy hokimiyatga hurmatsizlik va ularning normalariga qarshilik koʻrsatmasa, mazmuni qanday boʻlishidan qatʻʻi nazar, biron bir ishi uchun jazolanmaydi, hech kimga yolgʻon va shaʻʻnini tahqirlovchi ayblovlar qoʻyilmaydi”. Bundan tushunishimiz mumkin boʻlgan nuqta bir tomondan erkinlik chegaralarini belgilash, ikkinchi tomondan esa uning cheklanishiga yoʻl qoʻyish muammolari har bir jamiyatda mavjudligidir.
Umuman, Xalqaro huquqda madaniy huquqlar (ijod erkinligi)ni kafolati 1966 yil 19 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida Xalqaro paktning 19-moddasi 2-qismida “Har bir inson oʻz fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qatʻʻi nazar, yozma ravishda yoki matbuot orqali yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki oʻz ixtiyoriga koʻra boshqacha usullarda turli axborot va gʻoyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi”, deb belgilangan boʻlsa-da, xuddi shu moddaning 3-qismida “Ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida masʻʻuliyat yuklaydi. Bu tarzda foydalanish ayrim cheklashlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilanishi va quyidagilar uchun zarur boʻlishi lozim: a) boshqa shaxslarning huquqlari va obroʻ-eʻʻtiborini hurmat qilish uchun; b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʻʻnaviyatini muhofaza etish uchun” deb mazkur huquqlarning aniq chegaralanish nuqtalari belgilab berilmoqda.
Mazkur normalarga eʻʻtibor bersak, huquqda ijod erkinligining ham chegarasi mavjudligini bilib olamiz. Shunday ekan, huquqni bilmay turib jamiyat tartibini saqlash, uni muhofaza qilish, aholi, ayniqsa yoshlarning maʻʻnaviy hayotini himoya qilish kabi masalalarni inobatga olmay turib "Qani ijod erkinligi?! Nimaga bizda tsenzura bor?! Ijod erkin boʻlishi kerak?!" kabi savollar berishdan oʻsha toifa odamlarni tiyilishga chaqirib qolamiz.
Chunki har qanday ijod huquqidan koʻra eng avvalo shaxslarning axloqi va jamoat tartibi eng birinchi fundamental huquqlardan hisoblanadi. Buning chegarasi aynan shundan boshlanadi.
Huquq sohasidagi deyarli barcha olimlar tomonidan ijod erkinligi, jumladan sanʻʻatdagi erkinlik quyidagi holatlarda cheklanishi mumkinligini taʻʻkidlashadi. Bular,
1. Boshqa shaxslarning huquqlari va shaʻʻni himoyasi.
Ijodiy faoliyat boshqalarning huquqlarini yoki shaʻʻnini buzmasligi kerak. Masalan, tuhmat asosida boshqalar haqida yolgʻon yoki zararli axborot tarqatish, ularning shaʻʻni, qadr-qimmatiga zarar etkazish. Boshqalarning shaxsiy hayoti va maxfiyligini buzuvchi maʻʻlumotlarni yaratish hamda tarqatish.
2. Jamoat tartibi va xavfsizligini himoya qilish.
Agar ijodiy faoliyat jamoat tartibini buzishga yoki xavfsizlikka tahdid solishga sabab boʻlsa. Masalan, zoʻravonlikni targʻib qilish: zoʻravonlik, terrorizm, LGBT, irqchilik, qaysidir millat, irq, din yoki boshqa guruhlarga qarshi nafratni targʻib qiluvchi va/yoki nafratni keltirib chiqaruvchi ijod mahsulotlari.
3. Milliy xavfsizlikni himoya qilish.
Baʻʻzi hollarda ijodiy faoliyat milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin. Masalan, davlat sirlarini oshkor qilish yoki xavfsizlikka zarar etkazuvchi axborotlarni tarqatish. Shuningdek, davlat suverenitetini tahdid ostiga qoʻyadigan mafkuralar targʻiboti.
4. Axloqiy normalarni himoya qilish.
Ijodiy faoliyatda jamiyatning axloqiy normalariga zid boʻlgan, odamlarni xoʻrlaydigan yoki tahqirlovchi mazmun mavjud boʻlsa, cheklovlar kiritilishi mumkin. Masalan, pornografiya, LGBT, jamiyatda qabul qilingan axloqiy meʻʻyorlarga qarshi boʻlgan, odamlarni axloqiy jihatdan zararli taʻʻsir qilish imkoniyatiga ega ijod mahsulotlari.
5. Bolalarni himoya qilish.
Ijodiy faoliyat, ayniqsa, bolalarga zarar etkazuvchi yoki ularning psixologik rivojlanishiga salbiy taʻʻsir koʻrsatuvchi materiallarni oʻz ichiga olsa, cheklovlar kiritilishi mumkin. Masalan, voyaga etmaganlarni ekspluatatsiya qilish yoki ularning yoshiga mos kelmaydigan kontentlarni tarqatish.
Mazkur cheklovlar albatta qonunga asoslangan va mutanosib printsipiga munosib ravishda oʻrnatilishi lozim. Yaʻʻni ijodiy erkinlikni cheklash jamiyatning zaruriy ehtiyojlariga muvofiq boʻlishi kerak, shuningdek, bunday cheklovlar jamiyatning umumiy manfaatlari uchun haqiqatan ham zarur boʻlishi lozim.
Shu bilan birga, ijodiy erkinlikni cheklashda har doim ehtiyotkorlikka amal qilish, ortiqcha tsenzura yoki soʻz erkinligini cheklashga olib kelmaslik kerak. Bunday cheklovlar faqat yuqoridagi holatlarda hamda jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan boʻlishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, madaniy huquqlar, ayniqsa ijod erkinligi har qanday jamiyatni uygʻotishda, uning salohiyati va mafkuraviy boʻshligʻini, maʻʻnaviy hayotini, dunyo qarashi hatto vatanparvarlik ruhini kuchaytirishga xizmat qilish mumkin boʻlgan zarur kuchlardan hisoblanadi. Lekin uni yuqorida keltirilgan holatlarga hamda jamiyat manfaatiga zid ravishda tayyorlab jamiyatga keng tarqatish (faqat kino, TV, radio emas, barcha ijtimoiy tarmoqlar hamda internet platformalar orqali), bu ijod erkinligi emas, bu ijod emas, bu madaniy huquqlardan uzoq boʻlgan buzgʻunchi gʻoya, farosatsizlik va koʻngilxushlik uchun qilingan kontent, xolos. Bunday kontent esa na Xalqaro huquq va na davlat qonunlari tomonidan himoyalanmasligini yuqorida koʻrib chiqdik. Shuning uchun barcha ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, ijodkorlar, sanʻʻatkorlar, vaynerchilar, blogerlar va boshqalar, ijod erkinliklaringiz eng avvalo maqsadli, axloq normalariga munosib va jamiyat manfaati uchun xizmat qilishi, shuningdek, yuqorida keltirilgan holatlarga tushmasligini nazorat qilib borishni tavsiya qilib qolamiz. Ijodlaringizga omad.