22.01.2025 19:00

HAMASning yangi rahbari – Muhammad Sinvar haqida nimalar maʻʻlum?

Sanjar Said:
HAMASning yangi rahbari – Muhammad Sinvar haqida nimalar maʻʻlum?

13 yanvarʻ kuni The Wall Street Journal HAMAS harakatining yangi etakchisi haqida xabarlar sizdirdi. Unga koʻra, HAMAS siyosiy byurosi rahbari qahramon Yahyo Sinvar vafot etgach, Gʻazo sektoridagi tashkilot rahbarligini uning ukasi Muhammad oʻz zimmasiga olgan. Nashr manbalarining qayd etishicha, soʻnggi oylarda kichik Sinvar Isroil bilan toʻqnashuvda koʻrilgan yoʻqotishlardan keyin tashkilotni tiklash bilan faol shugʻullanmoqda. Ilgari u jamoat joylarida deyarli koʻrinish bermagan, buning sababi, ehtimol, Isroil maxsus xizmatlari muntazam ravishda unga suiqasd qilishga uringanidir. Ushbu maqolada Muhammad Sinvar haqida bizga maʻʻlum boʻlgan haqiqatlar va undan kelajakda kutilishi mumkin boʻlgan qarorlar va xatti-harakatlar xususida batafsil maʻʻlumot berishga harakat qilamiz.

2024 yil 16 oktyabrʻ kuni Gʻazo sektori janubidagi Rafah shahrida oʻtkazilgan reyd chogʻida jangchilar Isroil harbiylariga qarata oʻt ochdi. CNN'ning Isroildagi manbalariga koʻra, isroilliklar tankdan javob zarbasini berishdi, shundan soʻng yaqin atrofdagi binoni dron yordamida koʻzdan kechirishdi. Ichkarida otishmada yaralangan odam topildi, keyinchalik barmoq izlari, DNK tahlili va stomatologik qaydlar yordamida uning Yahyo Sinvar ekani oshkor boʻldi. Oradan bir kun oʻtib, 18 oktyabrʻ kuni HAMAS vakillari rahbarning halok boʻlganini tasdiqladi.

Yahyo Sinvar yoki (Katta Sinvar) 2017 yildan beri Gʻazo sektoridagi mujohidlar operatsiyalariga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U HAMAS siyosiy byurosi rahbari lavozimini oʻlimidan taxminan ikki oy oldin, 2024 yil avgust oyida egallagan. Oʻshanda Tehronda oʻldirilgan Ismoil Xoniyaning oʻrnini egallagandi. Ekspertlar Yahyo Sinvarni 2023 yil 7 oktyabrʻ kuni HAMASning Isroil hududiga bostirib kirishining asosiy tashkilotchisi deb hisoblashgan. Baʻʻzi tahlilchilar hujumning boshqa tashkilotchilari orasida Muhammad Sinvarni ham tilga olishgan. Ushbu voqealardan oldin ukasi (u akasidan 13 yosh kichik) OAV va harbiy tahlilchilar eʻʻtiboriga Yahyoga qaraganda kamroq tushgan edi.

Ilgari kichik Sinvar asosan akasining ishonchli vakili sifatida taʻʻriflangan. 2024 yilning yozida u HAMAS harbiy qanoti, "Izz ad-Din al-Qassam" brigadasi rahbari Muhammad Deyfning ehtimoliy vorisi oʻlaroq tilga olindi. Ehtimol, Sinvar soʻnggi bir yil ichida halok boʻlgan bir necha tashkilot rahbarlari, jumladan, katta akasining vazifalarini ham oʻz zimmasiga olgandir.

Gʻazo sektoridagi voqealarni yorituvchi isroillik jurnalistlarga Muhammad Sinvar haqida hamon juda koʻp narsalar maʻʻlum emas. Wall Street iqtibos keltirgan HAMASdagi manbalarga koʻra, kenja Sinvar "parda ortida qolishni" afzal koʻradi. Shuning uchun baʻʻzi safdoshlari uni "Soya" deb atashadi. Yahyodan farqli oʻlaroq, Muhammad deyarli intervʻyu bermaydi va oʻz qarashlari hamda maqsadlari haqida omma oldida gapirmaydi.

Muhammad Sinvarning biografiyasi

Muhammad Ibrohim Hassan Sinvar (yoki Kenja Sinvar) 1975 yil 16 sentyabrda Gʻazo sektorining Xon-Yunis shahridagi qochqinlar lagerida tugʻilgan. Uning oilasi 1948 yildayoq u erga joylashgan. Oʻshanda Sinvarlar Falastin mustaqilligi uchun urush tufayli Majdal shahridan (hozirgi Ashkelon) qochishgan. Muhammad BMT homiyligidagi maktabda taʻʻlim olgan.

Oʻsha paytda koʻplab yoshlar musulmonlar Isroil bosqiniga qarshi birlashishi kerak, deb hisoblashardi. Koʻp oʻtmay shunday boʻldi ham. 1987 yil dekabrʻ oyida Isroil harbiy transporti ishtirokida sodir boʻlgan avariya birinchi intifadaning boshlanishiga rasman turtki boʻldi, natijada toʻrt nafar tinch falastinlik halok boʻldi.

Shu bilan birga, Isroilga qarshi kurashning keskin usullari tarafdorlari HAMASni tashkil etishdi. Aka-uka Sinvarlar tashkilotga darhol qoʻshilishdi va Muhammad uning eng yosh aʻʻzolaridan biriga aylandi. 1991 yilda atigi 16 yoshida u HAMASning harbiylashgan qanoti "Izz ad-Din al-Qassam" brigadalariga qoʻshildi.

Muhammad Sinvar faoliyatidagi eng muhim voqea - TsAXAL askari Gilad Shalitning oʻgʻirlanishini tashkil etish boʻldi. Ushbu operatsiya HAMASga terrorizm uchun sudlangan bir necha yuz falastinliklarni, jumladan Yahyo Sinvarni ozod qilishga yordam berdi.

Falastinlik mujohidlar va Isroil terror armiyasi oʻrtasidagi qarama-qarshilikning dastlabki bosqichida kichik Sinvar HAMASning boshqa aʻʻzolaridan alohida ajralib turmasdi. Muhammadning hayoti va faoliyatining oʻsha davri haqida faqatgina 1990-yillarda toʻqqiz oy Isroil qamoqxonasida oʻtkazgani maʻʻlum. Uni ozod qilishdi, ammo 1990-yillarning ikkinchi yarmida Falastin milliy maʻʻmuriyati qarori bilan terrorchi hisoblanmish tashkilotning ehtimoliy aʻʻzosi sifatida yana bir necha bor hibsga olindi. Kichik Sinvar Falastin qamoqxonalarida jami uch yil oʻtirdi.

Koʻtarilish

2000 yilda, Ikkinchi intifada boshlanganidan koʻp oʻtmay, kichik Sinvar qamoqxonadan qochib, maslakdoshlariga qoʻshildi. Aynan 2000-yillarning birinchi yarmida u Gʻazodagi HAMAS etakchilaridan biri sifatida oʻz mavqeini mustahkamladi. Counter Extremism Project maʻʻlumotlariga koʻra, Muhammad asosan jangovar operatsiyalarni rejalashtirish va ijrochilarni tanlash bilan shugʻullangan.

"Ikkinchi intifada yillarida u katta kasbiy yutuqqa erishdi, - deb tushuntiradi Maykl Milshteyn. - Uni Xon-Yunus shahridagi HAMASning harbiylashtirilgan qanotiga qoʻmondon etib tayinlashdi. U Yahyo bilan qarindoshligi tufayli rahbariyatning eʻʻtiborini qozongan boʻlsa-da, oʻzini mustaqil ravishda ham namoyon eta oldi".

Katta Sinvar oʻsha paytda Isroil qamoqxonasida mahbus edi. 1988 yilda Isroil maxsus xizmatlari uni Birinchi intifada davridagi faoliyati uchun hibsga olgandi. Oʻshanda Yahyoni 12 qotillikda aybdor deb topib, toʻrt umrbod qamoq jazosiga hukm qilishdi. Ehtimol, akasini ozod qilish istagi kichik Sinvarning 2006 yilning yozida 19 yoshli TsAXAL askari Gilad Shalitni oʻgʻirlash ishini uyushtirishiga sabab boʻlgandir. HAMAS harbiyni qaytarish evaziga bir necha yuz falastinlik mahbusni ozod etishni talab qildi.

"Muhammad HAMASning harbiylashgan qanotida koʻzga koʻringan shaxsga aylandi, - deydi sobiq tish shifokori, keyinchalik Yahyo Sinvar jazo muddatini oʻtayotgan qamoqxonada xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Yuval Biton. - Yahyo turmada oʻtirganida Shalitni qoʻlga olishni ukasiga ishonib topshirgan edi. Yahyo birinchi navbatda qobiliyatga emas, sadoqatga eʻʻtibor berardi. Aynan shu narsa Muhammadning HAMAS ierarxiyasida koʻtarilishiga yordam berdi".

Dastlab, Isroil hukumati faqat Ikkinchi intifada paytida qotillik uchun sudlanmagan HAMAS va FATH aʻʻzolarini ozod qilishga rozi boʻldi. Biroq, Bitonning soʻzlariga koʻra, Quddus yon bergandan keyin ham aka-uka Sinvarlar Yahyoni ozod qilishni vaʻʻda qilgan bitimga qarshi chiqishdi. Aftidan, ular yanada keng koʻlamli almashinuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirishni moʻljallagan edilar.

Biroq HAMAS rahbarlari Solih al-Aruriy va Xolid Mashal baribir bitim tuzishga qaror qilishdi. Natijada 2011 yil oktyabrʻ oyida Gilad Shalit Isroilga qaytib keldi va orqaga qaytish yoʻlida Isroil qamoqxonalaridan 1027 nafar falastinlik mahbus, shu jumladan katta Sinvar va yana 476 nafar mujohid ozod qilindi.

"Mossad" boʻlinmasining sobiq xodimi anonimlik huquqi asosida The Telegraph nashriga Shalitning oʻgʻirlanishi va keng koʻlamli ayirboshlashni kelishish Muhammad Sinvarning eng yorqin lahzasi boʻlganini aytdi. Ukasining yordamisiz Yahyo HAMAS etakchisi boʻlishi dargumon edi.
"Muhammad ukasidan muhimroq edi, - dedi The Telegraph axborotchisi. - Aynan u birinchi navbatda ozod qilinishi kerak boʻlgan mahbuslar roʻyxatini tuzdi. Albatta, unga Yahyo ham kiritilgandi". "Mossad" xodimi maʻʻlumotlariga koʻra, HAMAS etakchilari bu qarorga shubha qilishganida, kichik Sinvar keyingi munozaralardan voz kechib, Shalitni oʻldirish bilan tahdid qilgan.

“Qayta tirilgan” qahramon

Bir suiqasddan soʻng Sinvar yashirin hayot kechirib, oʻzini oʻlgan qilib koʻrsatgan.

Isroil maxsus xizmatlari birinchi marta 2000-yillarning boshlarida kichik Sinvarni yoʻq qilishga uringan. Isroilda Rayxman universitetining islomiy harakatlar boʻyicha tadqiqotchisi Maykl Barakning aytishicha, Muhammadning hayotiga kamida olti marta suiqasd uyushtirilgan. Ulardan biridan soʻng, 2003 yilda Sinvar "gʻoyib boʻldi".

Oʻshandan buyon u jamoat oldida deyarli chiqish qilmadi va hatto 2022 yil yanvarda vafot etgan otasining dafn marosimiga ham bormadi. Isroilning “Ynet” yangiliklar portali muxbiri Eynav Xalabining maʻʻlumotlariga koʻra, Sinvarga snayperlar oʻq uzgan, uning uyi havodan bombardimon qilingan va portlatilgan. Biroq Sinvar har safar oʻlimdan qutulib qolgan.
Ehtimol, boshqa jangchi etakchilar singari, kichik Sinvar ham Gʻazodagi er osti tunnellari tarmogʻidan foydalangan va oʻz rejalarini faqat oz sonli ishonchli shaxslarga maʻʻlum qilgan. Bunday ehtiyotkorlik uning mavqei bilan izohlanadi: 2023 yilda "Mossad" boʻlinmasining sobiq yuqori lavozimli xodimi The Telegraph bilan suhbatda uni Falastin terrorchilari orasida Isroil maxsus xizmatlarining nishonlari roʻyxatida "taxminan ettinchi oʻrinda" deb taʻʻriflagan.

2014 yilning yozida "Buzilmas qoya" operatsiyasi paytida Isroil harbiylari Sinvar joylashgan navbatdagi uyni vayron qilganidan soʻng HAMAS va TsAXAL uning halok boʻlganini eʻʻlon qildi. Oʻz xabarlarida harbiylar hatto qonga belangan jasad suratini tarqatib, bu oʻldirilgan Sinvar ekanligini taʻʻkidlashdi.

Oʻshandan beri u oʻlgan deb hisoblab kelindi - to 2023 yilning kuzigacha, yaʻʻni Isroil razvedkasi uni 7 oktyabrdagi bosqinning tashkilotchilaridan biri sifatida aniqlagunga qadar. HAMASning ichki tuzilishini biladigan The Telegraph manbasining aytishicha, Sinvar "100 foiz" Isroilga hujumni rejalashtirganlardan biri boʻlgan. Oʻshanda baʻʻzi ommaviy axborot vositalari uni "qayta tirilib kelgan odam" deb atashdi.
"U chegaradan oʻtish va mahbuslarni almashtirish maqsadida odamlarni oʻgʻirlash boʻyicha mutaxassis, - deydi mustaqil harbiy tahlilchi Ronen Solomon Sinvar haqida. - U yashirincha va faqat cheklangan masofalarga harakatlanadi". Solomon Sinvarni HAMASning Gʻazodagi "yashirin qoʻmondonlari"dan biri deb taʻʻrifladi.

TsAXAL 2023 yil noyabrʻ oyida Sinvarning "qayta tirilib kelganini" rasman eʻʻlon qildi. Bir necha hafta oʻtgach, Isroil armiyasi Sinvar Gʻazo sektoridagi er osti tunnellaridan birida avtomobilda ketayotgani aks etgan videoni eʻʻlon qildi.

Shiddatli etakchi

"Unga oʻylamasdan odam oʻldirishga qodir shaxs sifatida munosabatda boʻlishadi, - deydi “Ynet”ning Gʻazodagi manbasi. - U bir necha bor kollaboratsionistlarni qatl etish va qiynoqqa solishda ishtirok etgan. Muhammad ularni qargʻasa, odamlar qoʻrquvdan falaj boʻlib qoladi. Gʻazoda hech kim unga eʻʻtiroz bildirishga jurʻʻat etmaydi. U oʻtib ketayotganida odamlar erga qarab olishadi".

Sinvarni Isroil maxsus xizmatlarining sobiq xodimlaridan biri ham xuddi shunday taʻʻrifladi. Anonimligi saqlanishi sharti bilan The Jerusalem Post bilan suhbatlashgan manba: "U samolyotning ovoziga qarab uni aniqlay oladi. HAMASda hech kim Isroil maxsus xizmatlarining usullarini undan yaxshiroq tushunmaydi. Siz soʻnggi 25 yil ichida HAMAS tarixida u ishtirok etmagan birorta muhim harbiy voqeani topa olmaysiz”, – dedi.

Ehtimol, aynan kichik Sinvarning obroʻsi Qatarda joylashgan HAMAS rahbariyatini uni vafot etgan akasi oʻrniga Gʻazo sektoridagi tashkilot boshligʻi etib tayinlashga koʻndirishda asosiy rol oʻynagan. Yahyo Sinvar halok boʻlganidan soʻng HAMAS rahbarlari Falastin boʻlinmasiga rahbarlik qilish uchun bir necha kishidan iborat kengash tuzishni rejalashtirishgan. Biroq Gʻazodagi mujohidlar bunday organga boʻysunishdan bosh tortib, Muhammad Sinvarni bir ovozdan qoʻllab-quvvatlaganlar.

Sinvar akasining ishini davom ettirish niyatida boʻlib, soʻnggi oylarda yangi aʻʻzolarni yollash bilan faol shugʻullanmoqda. Wall Street mualliflari Sinvarning 2024 yil oxirida oʻz safdoshlariga etkazgan xabarlaridan birini oʻqish imkoniga ega boʻlishgan. "HAMAS juda kuchli mavqega ega va oʻz shartlarini oʻtkazishi mumkin, - deyilgan xabarda. - Agar falastinliklarning azob-uqubatlariga chek qoʻyadigan, ularning qurbonlari va yoʻqotishlarini oqlaydigan har tomonlama kelishuvga erishmasak, HAMAS kurashni davom ettiradi".

Sinvarning tajovuzkor va shiddatli ritorikasi shuni koʻrsatadiki, u hozirgi vaqtinchalik tinchlikka qaramay, uzoq muddatli istiqbolda Isroilga qarshi qurolli kurashdan voz kechishi ehtimoldan uzoq. Lekin, baribir, HAMAS mujohidlarining harakatlari hozir faqatgina Sinvarning oʻziga bogʻliq emas.

Maykl Milshteynning tushuntirishicha, Dohada joylashgan HAMAS etakchilari tashqi kuchlarning taʻʻsiriga koʻproq moyil va Sinvarga qaraganda qatʻʻiyatsizroq. Agar Sinvar ular bilan nizo chiqarishni istamaydigan boʻlsa, hech boʻlmaganda maʻʻlum vaqtgacha tinchlikning davom etishidan mamnun boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador