13.01.2025 10:59

Yahyo Sinvarning ukasi Muhammad Sinvar HAMASga rahbarlik qiladi - WSJ



The Wall Street Journal (WSJ) nashrining xabar berishicha, HAMAS harakatiga yangi rahbar etib Muhammad Sinvar tayinlandi. U 2024 yil oktyabrʻ oyida Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan Yahyo Sinvarning ukasi hisoblanadi. WSJ maʻʻlumotlariga koʻra, HAMASning Dohadagi rahbariyati harakatni birgalikda boshqarish boʻyicha qarorga kelgan.

Muhammad Sinvar Gʻazo sektorida HAMASni qayta tiklash harakatlari markazida boʻlib, yangi aʻʻzolarni jalb qilishga katta eʻʻtibor qaratmoqda. 50 yoshli Muhammad, akasi Yahyo singari, yoshligidan HAMAS saflariga qoʻshilgan va harakatning qurolli qanoti boʻlmish “Izzuddin al-Qassam brigadasi”da faol ishtirok etgan. U qurolli qanot rahbari Muhammad Deif bilan yaqin aloqada boʻlgan, garchi Deif ham 2024 yilda yoʻq qilingan.

Gazeta Muhammad Sinvarni “Soya” deb atashini maʻʻlum qildi. Bu uning koʻproq parda ortida ishlashi bilan bogʻliq. WSJ taʻʻkidlaganidek, u hech qachon Isroil qamoqxonalarida uzoq muddat qolmagan, shuning uchun uning shaxsi haqida razvedka kamroq maʻʻlumotga ega.

Isroil razvedkasi va armiyasi (IDF) Muhammad Sinvarni 2006 yildagi isroillik askar Gilad Shalitning oʻgʻirlanishiga aloqador deb hisoblaydi. Uning akasi Yahyo aynan shu voqea sababli asirlarni almashish jarayonida ozod qilingan edi. “Biz uni topish uchun barcha saʻʻy-harakatlarimizni qilyapmiz”, – deydi IDF manbasi.

HAMASning yangi rahbari Muhammad Sinvarning tayinlanishi harakatning kelgusi strategiyasida qanday oʻzgarishlarga olib kelishi hali nomaʻʻlum, ammo uning oradan chiqishi Isroil uchun yangi qiyinchiliklarni tugʻdirayotgani aniq.