06.10.2025 08:05
292
HAMAS qurolini topshirsa, Andalusiya fojiasi takrorlanadimi?
Vashington va Telь-Aviv tomonidan juda koʻp takrorlangan – “HAMAS qurolsizlanishi kerak” degan talab: sionistlar va ularning sheriklari bu talabni yillar davomida takrorlab kelishadi. Goʻyoki bu “tinchlikning yagona kaliti” emish. Tarixga nazar solsak, hech bir ozodlik harakati qurolini quruq vaъdalar evaziga topshirmagan. Bunday katta xatoga yoʻl qoʻymaganlarning yagona haqiqati bor: qurolsizlanish emas, balki qurolni saqlab qolish ozodlikka erishishning asosiy omili. Shunday ekan, sionistlarning talabi HAMAS uchun “tinchlik”ka erishish emas, balki oʻzini dushman qoʻliga topshirishdir. Islom dushmanlarining vaъdalariga ishonish andalusiyalik musulmonlarning tarix hali-hanuz unutmagan fojiasiga yoʻliqish demakdir.
—————————————————————————————————————————————————————————————-
Vashington va Telь-Avivning tilidan tushmaydigan jumla: HAMAS qurollarini topshirishi, oʻzini tarqatib yuborishi va Gʻazodan “odob” bilan chiqib ketishi kerak. Ushbu talab tinchlikning yagona sharti, xavfsizlikning temir qonuni sifatida koʻrsatiladi. Lekin shu paytgacha biror vaъdasiga vafo qilmagan dushmanlarni yaxshi biladigan inson bu gaplarga shunchaki kulib qoʻya qoladi.
Aslida esa bu talab HAMAS mafkurasi mohiyatini umuman anglamaganlikdan dalolat beradi. Zamonaviy tarixda birorta ham qurolli harakat faqat quruq vaъdalar evaziga qurolini topshirmagan. Bugun Isroil oxirgi oʻn yilliklarda eng katta xavfsizlik inqiroziga tushib qoldi. Shu vaqtgacha HAMAS qurolni topshirishga aslo rozi boʻlmadi. Ular Falastin kelajagi, suvereniteti va xavfsizligi kafolatlanmasdan turib, asosiy kuchidan voz kechishni istamadi.
Agar kuchsiz tomon qudratli dushmanining vaъdasiga ishonib taslim boʻlsa, uning boshiga ham 1492-yilda Andalusiya poytaxti Granadaning kuni tushishi mumkin. Oʻsha vaqtda musulmonlarning oxirgi qalъasi katolik qirollari Ferdinand va Izabellaga taslim boʻldi. 80 sahifalik vaъdalardan iborat shartnoma hujjatida musulmonlarning hayoti, mol-mulki, yurish-turishi va eng muhimi, eъtiqod erkinligi kafolatlangan edi. Ammo oradan ikki yil oʻtmay, bu hujjat oddiy, qadrsiz qogʻozga aylandi. Papaning fatvo chiqarib, qirolga vaъdasini buzish ruxsatini berdi. Majburlab dinidan chiqarishlar, inkvizitsiya va surgunlar boshlandi. Andalusiya musulmonlari oʻz yurtida butunlay mahv etildi. Bu voqea kelajak avlodga shartsiz taslim boʻlish oqibatlarini eslatib turadi. Kuchlar nomutanosib boʻlganda, vaъda kuchli tomon uchun vaqtinchalik toʻsiqdan boshqa narsa emas. HAMAS uchun qurolsizlanish - bu tinchlik emas, balki zamonaviy Andalusiyaga aylanishdir.
Vetkong esa (yaъni Janubiy Vetnamda 1950–1970-yillarda faoliyat yuritgan kommunistik partizanlar harakati) bundan boshqacha saboq chiqardi. Ularga Parijdagi tinchlik muzokaralarida siyosiy tan olinishi evaziga qurolni topshirish taklif qilindi. Ular esa rad etishdi va partizanlik urushini yanada kuchaytirdilar. Aynan shu qatъiyat Amerika qoʻshinlarining jang maydonida magʻlub boʻlishiga olib keldi. Vetkong yaxshi tushungan edi: notekis urushda qurol topshirilmaydi, u - omon qolishning asosidir. Ular qurollari yordamida dushmanni holdan toydirdi, oʻzlari bilan hisoblashishga majbur qildi va bosqinni davom ettirishni chidab boʻlmas darajaga olib keldi.
Qurolsizlanish Sinn Feyn yaъni Irlandiya respublikachilar armiyasining siyosiy qanoti hukumatda kafolatli va muhim oʻrin egallaganidan keyin yuz berdi. Mahbuslar ozod qilindi, siyosiy kuchlari tizimlashtirildi. Irlandiya respublikachilar armiyasi qurolini tinchlik sharti sifatida emas, balki siyosiy gʻalabaning natijasi sifatida topshirdi. Hatto shunda ham bu qadam nisbatan kuchli pozitsiyadan emas, balki total zaiflikdan tashlandi.
HAMASning ham tutumi shunga yaqin: ozodlik harakatining harbiy qanoti - uning asosiy kuch manbai.
HAMAS uchun tanlov aniq va tarixiy asosga ega. Suverenitet va kuchli boʻlgan uchinchi tomonning “temir” kafolatlarisiz qurolsizlanish tinchlik ishorasi emas, balki oʻzini-oʻzi yoʻq qilish boʻladi. Isroilliklar va amerikaliklar hanuz HAMASni “oddiy bir toʻda arablar” deb oʻylashmoqda. Goʻyo ularni boʻsh vaъdalar bilan aldasa boʻladigandek. Ammo HAMAS rahbarlari tarixni yaxshi bilishadi. Ular Andalusiya voqeasini unutishmagan. Vetkongdan oʻrnak olgan. Irlandiya respublikachilar armiyasi qurolni faqat siyosiy yutuqni qoʻlga kiritgachgina topshirganini unutmagan.



