09.05.2025 15:05
143

Gʻalaba kuni diplomatiyasi: Markaziy Osiyoning muvozanat siyosati va Putinning nuragan shuhrati


Har yili Moskvaning Qizil maydoni Rossiyaning eng mashhur anъanalaridan biri – Sovet Ittifoqining Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozongan gʻalabasini nishonlaydigan Gʻalaba kuni sahnasiga aylanadi. Biroq, tosh koʻchalardan tanklar oʻtayotgan va Kreml devorlari ostida harbiy orkestr sadolari yangrayotgan bir paytda, aytish mumkinki, bu tadbir tarixiy xotiralardan koʻra koʻproq geosiyosiy maъno kasb etmoqda. 
Davom etib turgan mojarolar va oʻzgarayotgan ittifoqlar fonida bu yilgi tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ishtiroki mintaqaning Rossiya Federatsiyasi bilan nozik munosabatlarini aks ettiradi. 
Ammo savol tugʻiladi: shon-shuhrat va dabdaba ortida Vladimir Putin nishonlash uchun etarli sabab topa oladimi?

Markaziy Osiyoning ehtiyotkorona muvozanat siyosati

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Gʻalaba kuniga bagʻishlangan paradda ishtiroki nozik diplomatik raqsning yorqin namunasidir. 
Sirtdan qaraganda, ularning qatnashuvi Ikkinchi jahon urushida ittifoqchilarning gʻalabasiga Markaziy Osiyo respublikalarining qoʻshgan hissasini yodga soluvchi sovet davrining yalpi tarixiy merosini taъkidlaydi.

Biroq, amaliy nuqtai nazardan qaraganda, bu mintaqaning tashqi siyosatini belgilaydigan muvozanat saqlanishini koʻrsatadi. 
Mintaqa Markaziy Osiyoga taъsir oʻtkazish uchun kurashayotgan global kuchlar chorrahasida oʻrnashgan. 
Moskva oʻz taъsirini saqlab qolish uchun tarixiy aloqalar va madaniy umumiylikka tayanayotgan boʻlsa, Pekinning iqtisodiy taъsiri mintaqaning savdo tarmoqlari va infratuzilma loyihalarini qayta shakllantirishda davom etmoqda. 
Shu bilan birga, “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi sammiti koʻrsatganidek, Evropa Ittifoqi oʻz taъsirini kengaytirishga intilmoqda, mintaqada serob boʻlgan kamyob er elementlariga ehtiyoj sezayotgan AQSh esa imkoniyat payini poylamoqda.

Markaziy Osiyo rahbarlari uchun Gʻalaba kunini nishonlashda ishtirok etish Rossiyaning tarixiy rolini eъtirof qilish bilan bir qatorda, iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ochiq qoldiradi. 
Global siyosatning oʻzgaruvchan tuzilmasi sharoitida ularning diplomatik strategiyasi amaliyotchilikka asoslanadi: koʻplab hamkorlardan foyda izlash, ammo biror tomonga ortiqcha bogʻlanib qolmaslik.

Rossiya bu vaziyatdan qanday foyda koʻradi?

Dunyoning turli burchaklaridan 29 nafar etakchi, jumladan, Xitoy raisi Si Tszinьpinning ham ishtiroki Moskvaga xalqaro munosabatlar keskinlashgan bir paytda qimmatli imkoniyat taqdim etadi. Oʻtgan yili atigi toʻqqiz kishi qatnashgan edi. 
Ukrainaga bostirib kirishi tufayli Gʻarb sanktsiyalari tufayli yakkalanib qolgan va dunyo ommaviy axborot vositalari tomonidan global sahnadan chetlashtirilgan deb tasvirlanayotgan bir paytda, Markaziy Osiyo bilan birlashgan front taassuroti Kremlga buning aksini koʻrsatish imkonini taqdim qiladi.

Shunday qilib, Gʻalaba kuni geosiyosiy vositaga aylanadi. Markaziy Osiyo etakchilarining ishtiroki Putinga Rossiyaning tarixiy taъsir doirasida umumiy birlik mavjudligi haqida mujda yuborish imkonini beradi. 
Bu ichki va tashqi auditoriyaga Moskvaning hamon muhim ittifoqchilarga ega ekanligini koʻrsatib, davom etayotgan qiyinchiliklarga qaramay, bardoshlilik qiyofasini mustahkamlaydi.

Moskva aslida nimani nishonlamoqda?

Gʻalaba kuni paradini Rossiya aholisining taxminan toʻrtdan uch qismi tomosha qiladi. Bu tadbir davlat jamoaviy xotiraning qoʻriqchisiga aylanishga intilayotgan bir paytda vatanparvarlik tuygʻularini uygʻotadi. Biroq, bu tomosha ortida bezovtalik alomatlarini eъtibordan qochirish qiyin. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uning aloqalari markazida boʻlgan savdo va migratsiya oqimlarini izdan chiqardi. 
Urush Moskvaning qudrati sarhadini ham yaqqol koʻrsatib qoʻydi. Sanktsiyalar uning iqtisodiyotini zaiflashtirdi, alaloqibat Markaziy Osiyoning Rossiya sarmoyalariga qaramligi kamaydi. 
Xitoy esa Rossiya taъsirini kamaytirib, mintaqa iqtisodiy rivojlanishida etakchi kuch oʻlaroq shitob bilan oʻsib bormoqda. 

Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo rahbarlari Moskvadagi tadbirlarga qatnashsa-da, ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. 
Masalan, Qozogʻiston Rossiyaning Ukraina hududlarini oʻziga qoʻshib olganini tan olishdan bosh tortdi. Prezident Toʻqaev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashini aytib, suverenitet va hududiy yaxlitlik Qozogʻiston uchun ham eng muhim masala ekanligini taъkidladi.

Bu Gʻalaba kuniga bagʻishlangan paradlarda namoyish etilayotgan birdamlik nechogʻlik murakkab ekanligini koʻrsatadi. Rossiya bilan munosabatlarni saqlab qolish muhim boʻlsa-da, Markaziy Osiyo davlatlari Moskvaning geosiyosiy toʻqnashuvlariga aralashishni istamaydi.

Markaziy Osiyoning kuchaygan ovozi

“Yangi Buyuk oʻyin” deb atalayotgan jarayonda Markaziy Osiyo davlatlari avvalgiga qaraganda kuchliroq mavqega ega. Ularning Rossiya va Xitoy bilan munosabat oʻrnatish, shu bilan birga AQSh, Turkiya va Evropa Ittifoqi bilan aloqalarni sayqallash imkoniyati ularga qoʻshimcha kuch beradi. 
Mintaqa rahbarlari suverenitetlariga shubha tugʻilganda tobora qatъiyroq pozitsiyani egallamoqda. Bunga Qozogʻistonning Rossiyaning sanktsiyalarni qoʻllash boʻyicha barcha talablariga rozi boʻlmasligi va Ukraina urushiga nisbatan ehtiyotkorona betaraflik siyosatini yuritishi misol boʻla oladi. 
Oʻzbekistonning ham Moskvadagi oʻta oʻngchilarning hududlarni qoʻshib olish boʻyicha fikrlariga javoban Rossiya elchisini chaqirtirib, dadil munosabat bildirishi bunga yana bir dalildir.

Gʻalaba kunining asl mohiyati

Markaziy Osiyo uchun Moskvadagi Gʻalaba kuni tantanalari Rossiya bilan birdamlikdan koʻra koʻproq oʻz manfaatlarini himoya qilish vositasidir. 
Rahbarlar bu tadbirlarga tashrif buyurish orqali nozik muvozanatni saqlab, umumiy tarixni tan olgan holda, Moskvaning hozirgi xalqaro harakatlarini qoʻllab-quvvatlamasdan turib munosabatlarni barqaror ushlab turishga harakat qilishadi. 
Bu puxta oʻylangan diplomatiya ularga Rossiya bilan aloqalarni saqlab qolish va ayni paytda boshqa global kuchlar bilan hamkorlikni kengaytirish imkonini tuhfa etadi.

Vladimir Putin uchun bu ehtiyotkorona sodiqlik haqiqiy yutuq boʻlmasa-da, juda zarur. 
Garchi mintaqaning ustuvor yoʻnalishlari oʻzgargan boʻlsa-da, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi taъsiri butunlay yoʻqolgani yoʻq. 
Shunday qilib, Moskva oʻzining ulkan tadbirini oʻtkazayotgan bir pallada, keng miqyosdagi voqealar sobiq Sovet respublikalari Qizil maydonda turib ham oʻz ovozlarini tobora baland koʻtarayotgan dunyoni koʻrsatmoqda.

Stiven M. Blend

Muallif haqida: 
Stiven M. Blend – Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha ixtisoslashgan jurnalist, yozuvchi, muharrir, sharhlovchi va tadqiqotchi. U “The Times of Central Asia” nashriyotiga qoʻshilgunicha turli nohukumat tashkilotlari va tahlil markazlarida ishlagan, shuningdek, BBC, The Diplomat Eurasianet va boshqa koʻplab nashrlar uchun maqolalar yozgan hamda yaqinda suratga olingan hujjatli filьm seriyasida Markaziy Osiyo boʻyicha ekspert sifatida qatnashgan.

Uning 2016-yilda nashr etilgan Markaziy Osiyo haqidagi kitobi Evroosiyo adabiyotining oltin mukofotiga sazovor boʻlgan. Hozirda u Kavkaz haqidagi kitobini yakunlamoqda.

Mavzuga aloqador