18.07.2025 16:27
312

Bosqinchi isroil qoʻlidagi qoʻgʻirchoq – druzlar kimlar?


Shu kunlarda Suriyada yana notinchlik. Bosqinchi isroil Suvaydadagi druzlardan foydalanib,
Shom diyorini yana olovlantirmoqchi. Biz bugun ushbu voqealar rivoji haqida emas, balki sionistlar qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib, musulmonlarning yosh bolalarini oʻldirayotgan, ayollarini zoʻrlayotgan druzlar haqida gaplashmoqchimiz. Xoʻsh ular aslida kim? 

Druzlar – shia mazhabidagi firqa boʻlib, asosan Livan va Suriyada yashaydi. Ularning qarashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqa fotimiylar xalifasi Hakim davri (996-1021 yillar)da paydo boʻlgan. Hakim umrining oxirida oʻzini xudo deb eъlon qilgan va odamlarni oʻziga eъtiqod qilishga buyurgan. Uning oʻlimidan soʻng Livan va Antilivan togʻlarida yashovchi xalqlar unga xudo deb eъtiqod qila boshlagan. 

Druzlar nomi xalifa Hakimning targʻibotchilaridan boʻlgan Nishtegin Daroziy ismi bilan bogʻliq. Druzlar aqidasi bir qancha din va mafkuralardan tashkil topgan. Jannat, doʻzax, savob va jazoni inkor qiladi. Qurъonni butunlay rad etib adashgan toifaning oʻziga xos qoʻlbola kitobi mavjud. Shunga qaramay, druzlar Qurъon mazmunini majoziy talqin qilishadi. 

Ruhning koʻchib yurishi toʻgʻrisidagi tasavvur tufayli oʻlimga befarq qaraydilar, islom dini marosimlarini bajarishni shart deb hisoblamaydilar. Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan ashuroni nishonlaydilar. Druzlar sunniylar tomonidan taъqib etilgani uchun shialarga xos boʻlgan taqiyya talablariga amal qiladilar. Barcha ismoiliylar kabi Druzlar ham shariatni tan olmaydilar. Druzlar ikki qismga; "omiy" ("bexabar", “ilmsiz”) va "uqqol" ("bilimdonlar", "xabardorlar")ga boʻlinadi. Druzlarda masjidga borish, namoz oʻqish odati yoʻq. Ularning ibodatxonalari "xalvo" deb ataladi. Bu erda payshanba kunlari faqat "uqqol"largina toʻplanadi. Oʻrta asrlardan boshlab druzlar oʻzlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar sulolasiga ega boʻlgan. Musulmon olimlari druzlarni dindan chiqqan oqim deb eъlon qilgan.

Mavzuga aloqador